Vinaora Nivo Slider 3.x

E'tiqod g'oyalari

"Sizning Parvardigoringiz bo‘lmish Mehribon Zot, butun insoniyatni bir tanu, bir jondek ko‘rish istagini qalbida tuydi".>Hazrati Bahoulloh

Dunyo bo‘ylab ming-minglab joylarda Bahoiy ta’limoti, alohida shaxs va jamoalarni o‘z hayotlarini yaxshilash va sivilizatsiya rivojlanishiga hissa qo‘shishlari uchun ruhlantirmoqda. Bahoiy ta’limoti - Olloh va dinlar yagonaligi, insoniyat  birdamligi, bid’atlardan voz kechish, insonga xos bo‘lgan olijanoblik, diniy haqiqatning bosqichma-bosqich ayon bo‘lishi, ruhiy sifatlarni rivojlantirish, xizmat va ibodatning ajralmasligi, jinslarning fundamental tengligi, din va fan o‘rtasidagi mutanosiblik, inson faoliyatining barcha jabhalarida adolatning muhimligi, ta’limning zaruriyligi va odamlar bilan jamoalarni insoniyatning kollektiv yetuklikka erishishida ko‘maklashadigan institutlarni birlashtiradigan munosabatlar dinamikasi kabi muhim mavzularga qaratilgan. .

Vebsaytdagi mazkur bo‘limning maqsadi –  asosiy Bahoiy qarashlarini bir nechta mavzular doirasida namoyish etish: Ruh hayoti: Olloh va Uning Yaratmishi; Muhim asosiy munosabatlar va Umumjahon tinchlik.Bundan tashqari «Hazrati Bahoulloh va Ul Zotning Ahdi» bo‘limida Bahoiy e’tiqodining vujudga kelishi hamda Bob, Bahoulloh, Abdul-Baho va Shavqi Afandi Hazratlarining hayoti va faoliyati  haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan. Unda shu jumladan, Umumjahon Adolat uyi haqida ham ma’lumotlar mavjud bo‘lib, Umumjahon Adolat Uyi Hazrati Bahoulloh tomonidan joriy etilgan muassasadir va butun dunyo bahoiy hamjamiyati Bahoiy ta’limotini tadbiq etishda ko‘rsatmalar olish uchun unga murojaat etadi.

Bahoiylar nimaga ishonishi haqida yanada kengroq ma’lumot olish uchun Bahoiylar ma’lumotnomalari kutubxonasidan foydalanib, u yerda Hazrati Bob, Bahoulloh va Abdul-Baho  Bitiklari, shuningdek Shavqi Afandi qulyozmalari va Umumjahon Adolat uyi murojaatnomalari va xabarlaridan tanlangan asarlarni o‘qiy olasiz.

 

Ey siz, inson farzandlari! Ollohga e’tiqod va Uning Dini asosini tashkil etuvchi asosiy maqsad, insoniyat irqining manfaatini himoya qilish va uning birdamligini targ‘ib etish, hamda, muhabbat-u,  birodarlik ruhini odamlar orasida parvarishlashda mujassamlashgandir… Ushbu asosda nimaiki qad ko‘targan bo‘lsa, hayotning hech qanday o‘zgarish va tushunmovchiliklari uni zaiflashtirolmaydi, hamda sonsiz asrlar inqiloblari ushbu binoga putur yetkazolmaydi.

Hazrati Bahoulloh

Image

Hazrati Bahoulloh va Ul Zotning Ahdi

Bahoiy E’tiqodi vujudga kelishining asoslari va uning o‘ziga xos birligi manbai.

Image

Ruh hayoti
Abadiy ruh, hayot qismati va ruhiy fazilatlarni rivojlantirish

Image

Olloh va Uning Yaratmishi
Olloh, zuhur, insoniyat, tabiat dunyosi va sivilizatsiyaning oldinga siljishi.

Image

Muhim munosabatlar
Shaxs, jamoa va muassasalar orasida insoniyat birdamligi tamoyilini o‘zida namoyon etuvchi munosabatlarni rivojlantirish

Image

Umumbashariy tinchlik
Tinchlikka erishish va yangi global sivilizatsiyani yaratish uchun zaruriy tamoyillar

Консоль отладки Joomla!