Koinot yaratuvchisi bo‘lmish Olloh Bilguvchi, Sevguchi va Rahimdildir. Jismoniy quyosh dunyoni yoritgani kabi, Olloh nuri barcha mavjudotlar uzra to‘kilmish.Hech bir foniy idrok Olloh mohiyatini chinakkam anglay olmaydi. Olloh haqidagi tushunchamiz naqadar keng va taassurotli bo‘lmasin, u baribir insoniy aql chegaralari bilan cheklangan bo‘ladi.

Asrlar davomida butun insoniyatning ruhiy, aqliy va axloqiy  qobiliyatlarini tarbiyalash uchun Olloh Mazharlar sifatida tanilgan Ilohiy Elchilarni yubordi, ular orasida Ibrohim, Krishna, Zardusht, Muso, Budda, Iso Masih, Muhammad va yaqin o‘tmishdagi Bob va Bahoulloh;  Har gal Ilohiy Mazhar kelishi bilan mislsiz taraqqiyot boshlanadiki, uning ta’limoti butun boshli xalqlarda insoniy motivatsiya negizigacha yetib borib, ilgari imkon bo‘lmagan darajada sivilizatsiya taraqqiyotiga hissa qo‘shish qobiliyatini uyg‘otadi.

Bugun biz insoniyat irqining yetuklik davriga erishishi arafasida turibmiz. Turli bosqichlarni o‘tar ekanmiz, biz jamoa sifatida o‘z go‘daklik va bolalik davrimizni boshdan kechirdik. Butun dunyoda insoniyat jamiyati tub o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda va eng yuqori yo‘nalish aniq: ko‘z o‘ngimizda insoniy jamiyatning o‘z shakllanishida sayyoraviy sivilizatsiya holatiga o‘tayotganining shohidi bo‘layapmiz..

«Olloh ijodining ajib dalillariga guvohlik bering va uning xilma-xilligi hamda xususiyatlari haqida fikr yuriting».
— Hazrati Bahoulloh

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/u82801/public_html/old.bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных