«Koinotda yaratilgan har qanday narsa o‘z mohiyatida Ollohni anglashga eltadigan darvozadir...»
— Hazrati Bahoulloh

Bahoiy bitiklari, Ollohning mohiyati, garchi, biz har bir  yaratilgan mavjudotda Uning sifatlarini topishimiz mumkin bo‘lsa-da, har qanday foniy idrokdan yuqori ekanini tushuntiradi. Asrlar davomida U izchil ketma ket ravishda, Olloh Mazharlari sifatida tanilgan  Ilohiy Elchilarni yubordi, qaysikim Ular insoniyatni tarbiyalash va yo‘naltirish, butun boshli xalqlarda ilgari mumkin bo‘lmagan darajada tamaddunni rivojlantirish uchun hissa qo‘shish qobiliyatini uyg‘otishdi.

Zuhur »
Koinot yaratuvchisi bo‘lmish Olloh Bilguvchi, Sevguchi va Rahimdildir. Jismoniy quyosh dunyoni yoritgani kabi, Olloh nuri barcha mavjudotlar uzra to‘kiladi.  Ibrohim, Krishna, Zardusht, Muso, Budda, Iso, Muhammad va yaqin o‘tmishdagi Bob va Bahoulloh qatoridagi Mazharlar ta’limoti yordamida insoniyatning ruhiy, intellektual va axloqiy qobiliyati rivojlanib kelgan.

Tabiat »
Tabiatning go‘zalligi, boyligi va xilma-xilligi - bularning barchasi Olloh sifatlarining namoyon bo‘lishidir. Bu bizda tabiatga bo‘lgan chuqur ehtiromni uyg‘otadi.  Insoniyat tabiat dunyosiga tutqunlikdan chiqish qobiliyatiga ega va shu o‘rinda, sayyoramizdagi ulkan resurslar foydalanuvchisi bo‘la turib, u sayyoraning tabiiy resurslaridan o‘yg‘unlikni saqlash va tamaddun rivojiga hissa qo‘shishni qo‘llagan holda foydalanish uchun javobgardir.

Doimiy rivojlanuvchi sivilizatsiya »
Insoniyat go‘daklik va bolalik davridan o‘tib, hozir jamoaviy yetuklik ostonasida turibdiki,  buning yaqqol belgisi butun inson irqining global sivilizatsiyada birlashishida bo‘ladi. Ham ma’naviy va ham moddiy jihatdan gullayotgan bunday sivilizatsiyaning paydo bo‘lishi,  hayotning ma’naviy va amaliy jihatlarining o‘zaro hamjihatlik va uyg‘unlikda rivojlanishidan iborat bo‘ladi.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/u82801/public_html/old.bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных