«“Bu muqaddas Mazharlar dunyo uchun go‘yo bahorning kelishidir, …Vaholanki, har qanday bahor yangi ijod davridir…!»
Abdul-Baho

Bahoiy e’tiqodining boshi, Olloh tomonidan ikki Elchiga - Hazrati Bob va Hazrati Bahoullohlarga ishonib topshirilgan vazifadan boshlandi. Bugun ular asos solgan E’tiqodga oid bo‘lgan birdamlik, Hazrati Bahoullohning olamdan o‘tganidan so‘ng ham, uzluksiz rahnamolikning davomiyligini ta’minlash haqidagi Ul Zotning aniq ko‘rsatmalaridan kelib chiqadi. Biz Ahd deb ataydigan ushbu uzviylik  Hazrati Bahoullohdan o‘g‘li Abdul-Bahoga, keyin Abdul-Bahodan nabirasi Shavqi Afandiga va Hazrati Bahoulloh tomonidan joriy qilingan Umumjahon Adolat uyiga o‘tadi. Bahoiylar Hazrati Bob va Hazrati Bahoullohning ilohiy vakolatini va ular tayinlagan vorislarni tan oladilar.

 

Hazrati Bob »
(1819-1850)

Hazrati Bob - Bahoiy E’tiqodining Jarchisi. Dunyo tarixining jo‘shqin davri bo‘lgan XIX asrning o‘rtalarida, yosh bir savdogar, O‘zining insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan xabar olib kelganini e’lon qildi. Uning vatani bo‘lmish Eronda ma’naviy tushkunlik davri kechayotgan bir paytda, Ul Zotning bu xabari jamiyatning barcha sinflari orasida hayajon va umid uyg‘otib, shiddat bilan minglab izdoshlarni o‘ziga jalb etdi. Ul Zot arab tilidan “Darvoza” ma’nosini anglatuvchi “Bob” degan maqomni qabul ayladi.

 

Hazrati Bahoulloh »
(1817-1892)

Hazrati Bahoulloh - ”Olloh shon-shuhrati” -  Hazrati Bob va barcha o‘tgan Olloh Elchilari tomonidan  Va’da qilingan va bashorat etilgan Zot. Hazrati Bahoulloh insoniyatga Olloh tomonidan nozil etilmish yangi Vahiy(Zuhur)ni keltirdilar. Ul Zotning qalamidan minglab satrlar, nomalar va kitoblar to‘kildi. O‘z bitiklarida Ul Zot inson hayotining ham ma’naviy va ham moddiy tomonlarini mujassamlashtiruvchi global sivilizatsiya taraqqiyotining asosini bayon qildilar. Shu sabab, Ul Zot 40 yillik iztirob, tutqunligu, surgunlarga dosh berdilar.

 

Hazrati Abdul-Baho »
(1844-1921)

O‘z vasiyatnomasida Hazrati Bahoulloh O‘z to‘ng‘ich o‘g‘li Abdul-Bahoni Ta’limotining sharhlovchisi va E’tiqodning Bosh rahbari deb tayinladilar. Sharqdan tortib G‘arbgacha, Hazrati Abdul-Baho barcha uchun o‘rnak bo‘luvchi, yangi E’tiqodning  rahnamosi va tinchlik elchisi sifatida shuhrat qozondi. 

 

Shavqi Afandi »
(1897-1957)

Hazrati Abdul-Bahoning to‘ng‘ich nabirasi Shavqi Afandi, Ul Zot tomonidan Bahoiy E’tiqodining Muhofizi etib tayinlandi. Shavqi Afandi umrining 36 yilini sistematik tarzda, butun inson irqining xilma-xilligini o‘zida aks etgan va tobora o‘sib borayotgan  Bahoiy jamoalarining rivojini ta’minlash, ulardagi birdamlikni mustahkamlash va tushunchani chuqurlashtirishga bag‘ishladi.

 

Umumjahon Adolat Uyi »
(создан в 1963 г.)

Hozirgi kunda Bahoiy E’tiqodining rivojlanishi Umumjahon Adolat uyi tomonidan yo‘naltirilmoqda. O‘z qonunlar kitobida, Hazrati Bahoulloh Umumjahon Adolat Uyiga insoniyat farovonligiga ijobiy hissa qo‘shish, ta’lim, tinchlik, global taraqqiyotni ildam surish, hamda, inson sha’nini va din mavqeini himoya qilishlikni buyurdi.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/u82801/public_html/old.bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных