«Ilohiy E’tiqod va Olloh Dini asosini tashkil etuvchi oliy maqsad, inson irqining manfaatlarini himoya qilish va uning birdamligini  targ‘ib qilishda, hamda, odamlar orasida muhabbat va birodarlik ruhini tarbiyalashda mujassamlashgandir…»
— Hazrati Bahoulloh

Insoniyat birligi tamoyilini amalga oshirish, Hazrati Bahoulloh Zuhurining ham maqsadi va ham amaldagi tamoyilidir. Hazrati Bahoulloh inson dunyosini odam tanasiga qiyoslaydilar. Ushbu tanada millionlab hujayralar shakli va funksiyasiga ko‘ra turli xil bo‘lib, sog‘lom tizimni saqlashda o‘z rolini o‘ynaydi. Xuddi shu tariqa alohida shaxslar, jamoa va muassasalar o‘rtasidagi uyg‘un munosabatlar ham jamiyatni qo‘llab quvvatlashga xizmat qiladi va sivilizatsiya rivojiga imkon yaratadi.

Inson va jamiyat »
Bugun biz tarixdagi antiqa bir davrda yashamoqdamiz. Insoniyat bolalik chog‘idan ulg‘ayib, o‘zining jamoaviy yetuklik davriga yaqinlashar ekan, shaxs, jamiyat va jamoat institutlari o‘rtasidagi munosabatlar haqida yangicha tushunchaning zaruratiga bo‘lgan ehtiyoj tobora kuchaymoqda.

Yagona inson oilasi »
"Bahoiy E’tiqodining yuragida bizning yagona odamzod oilasiga tegishli ekanligimiz haqidagi ishonch yotadi. Insoniyat birdamligi tamoyili, bu Hazrati Bahoulloh ta’limotidagi barcha tamoyillar aylanuvchi tayanch markazidir...”

Bahoiy Ma’muriy Tartibi »
Bahoiy jamoasining ishlari har biri o‘ziga xos alohida faoliyat sohasiga ega bo‘lgan muassasalar tizimi orqali boshqariladi. Ma’muriy tartib deb nomlanadigan ushbu tizimning kelib chiqishi va uning ishini boshqaradigan prinsiplar, o‘z ibtidosini Hazrati Bahoulloh Bitiklaridan oladi.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/u82801/public_html/old.bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных