«Ollohga hamdu sanolar bo‘lsinkim,  qalbing Ilohiy zikrda va ruhing Ilohiy bashoratlardan shodlikdadir, va sen ibodat ila mashg‘ulsan. Ibodat holati eng yaxshi holatdir…»

— Hazrati Abdul-Baho

Xizmat va ibodat - dunyo bo‘ylab Bahoiylar hayotga tadbiq etishga harakat qilayotgan jamoaviy hayot modelining markazidadir. Bu ikki unsur bir biridan farq qilsa-da, ammo bir biridan ajralmas bo‘lib, jamoa hayotini oldinga siljitadi. Hazrat Abdul-Baho yozadilarki 

«Muvaffaqiyat va farovonlik, Ollohga xizmat va ibodatga bog‘liq».

Ibodat- shaxs, jamiyat yoki muassasa darajasida bo‘lmasin, Bahoiylar hayotining ajralmas qismidir. Bohiylar kun davomida o‘z qalblarini duo va munojotda takror va takror Ollohga qaratadilar - Undan yordam so‘raydilar, Unga o‘z yaqinlari haqi iltijo etadilar, Uni hamdu sano ila ulug‘laydilar, hamda ilohiy tasdiq va hidoyat izlaydilar. Bundan tashqari, do‘stlar u yoki bu loyihani amalga oshirmoqchi bo‘lganda o‘tkaziladigan birgalikdagi maslahat uchrashuvlari va yig‘ilishlar ham duo bilan boshlanib, duo bilan yakunlanadi.

Bahoiylar shuningdek, uchrashuvlar o‘tkazadilarki, unda duo orqali ham Bahoiy va ham boshqa do‘stlar birlashadilar, ko‘pincha bunday uchrashuvlar bir birlarining xonadonlarida o‘tadi. Bu kabi duo uchrashuvlari, ishtirokchilarda ruhiy sezgi qobiliyatini uyg‘otadi va shuningdek, ular bajaradigan xizmat turlari singari, ruhiy va moddiy farovonlikka erishishga qaratilgan, hamda ibodatli ruh ila sug‘orilgan jamoa hayoti namunasini yaratishga olib keladi.

Image

Ibodat va xizmatning uzviyligi Mashriq-ul Azkor muassasasida namoyon bo‘ladi. Bu qurilma o‘zida ma’lum bir jug‘rofiy hududda ibodat uchun diqqat nuqtasi bo‘lib xizmat qiluvchi markaziy binoni, hamda jamoaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bag‘ishlangan ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash va boshqa xizmat turlarini ta’minlovchi yordamchi tashkilotlar birikmasini mujassamlashtiradi. Hozirgi kunda dunyoda bir necha Mashriq-ul Azkorlar mavjudligiga qaramasdan, ularning ehtimolli qad ko‘tarish urug‘i tobora soni ko‘payayotgan jamoalar zaminiga sepilgandir, kelajakda har bir hudud bundayin moddiy qurilmaning foydasidan bahramand bo‘ladi.

Image

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/u82801/public_html/old.bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных