«E’tiqod muassasalarining malakasi oshgani sayin… ular tobora mohirlik bilan munosib tashabbuslarga nisbatan o‘z yordami, rag‘bati, mehrli rahnamoligi va zahiralarni taklif emoqdalar; o‘z oralarida va o‘zlari xizmat qilayotgan odamlar bilan erkin va hamohang maslahatlar qurmoqdalar; jamiyat transformatsiyasiga qaratilgan individual va kollektiv energiyani yo‘naltirmoqdalar».

— Umumjahon Adolat Uyi

Bahoiy E’tiqodi paydo bo‘lganidan boshlab katta e’tibor berilgan sohalar - Bahoiy jamoasi ma’muriy tuzilmalarining bosqichma-bosqich rivojlanishi va unga bog‘liq jarayonlarning takomillashtirilishi. Ushbu mavzu mazkur veb saytning Bahoiylar nimaga ishonadilar bo‘limida Bahoiylarning ma’muriy tartibi mavzuviy to‘plamida batafsilroq tavsiflangan.

Bahoiylarning institutsional salohiyatni ko‘tarishga bag‘ishlagan kuch-quvvatlari va ma’muriy jarayonlar va tuzilmalarning rivoji va taraqqiyotiga nisbatan g‘amxo‘rona munosabati nafaqat Bahoiy jamoasi faoliyatini boshqarish unumdorligini oshirishdek oddiy istak bilan undalgan. Ular buni Hazrati Bahoulloh tomonidan nazarda tutilgan, yetuk insoniyat tomonidan siyosiy, ijtimoiy va madaniy ishlarni amalga oshirishda foydalanuvchi, yangi ijtimoiy tartibot modeliga qo‘shadigan zaruriy hissalari deb biladilar.

Image

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/u82801/public_html/old.bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных