«Talablar qanday? Insoniyatga bo‘lgan muhabbat, barchaga nisbatan samimiy munosabat, odamzot olami birligini namoyon etish, insonparvarlik, Ollohga bo‘lgan muhabbat o‘tidan yonish, Olloh ilmiga va inson farovonligiga hissa qo‘shadigan har ne bo‘lsa, o‘shanga intilish».

— Hazrati Abdul-Baho

Bahoiy ta’limotidagi markaziy tayanch konsepsiyalaridan biri shundaki, fe’l-atvorni komillashtirish va insoniyatga xizmat qilish, hayotning ajralmas qirralari bo‘lib hisoblanadi. O‘z nomidan yozilgan xatda Shavqi Afandi shunday deydi:

Biz inson qalbini uni o‘rab turgan muhitdan ajrata olmaymiz va  ulardan biri isloh qilingandan keyin, hamma narsa yaxshilanadi deya olmaymiz. Inson dunyo bilan tabiiy tarzda bog‘liqdir. Uning ichki hayoti atrof-muhitni shakllantiradi va o‘zi ham uning chuqur ta’siri ostidadir. Ulardan biri boshqasiga ta’sir qiladi va inson hayotidagi har bir doimiy o‘zgarish, mana shu o‘zaro chuqur ta’sirning natijasidir.

Image

Aynan shu nuqtai nazardan Bahoiylar o‘z hayotlari uchun muhim bo‘lgan ikki tomonlama maqsadning faoliyatini qadrlaydilar: o‘z ruhiy va aqliy o‘sishiga e’tibor berish va jamiyat rivojiga hissa qo‘shish.

Bu ikki tomonlama maqsad Bahoiy faoliyatining barcha sohalardagi tashabbuslarini charxlashda yordam beradi. Masalan, ulardan nafaqat o‘z shaxsiy hayotlari doirasida kundalik ibodat va mushohada qilishlari, balki o‘z atroflarida ibodat ruhini taratish uchun harakat qilishlari kutiladi; ulardan nafaqat Din haqida o‘z bilimlarini chuqurlashtirishlari, balki Hazrat Bahoulloh ta’limotini o‘zgalar bilan ham bo‘lishishlari so‘raladi; ular nafaqat o‘z hayotlarida xudbinlikning avrashiga qarshi turishni o‘rganishlari, balki o‘zini qoniqtirishni ulug‘laydigan va birdamlik asoslarini yemiradigan madaniyat tendensiyasini shijoat va sipolik bilan o‘zgartirishga intilishlari kerakligidan ogohdirlar.

Image

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/u82801/public_html/old.bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных