Jamiyatda radikalizm va fanatizm sabablari

image 2020 11 02 15 35 24

✅Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pincha turli mavzular ko‘tariladi, jumladan xohlaymizmi yo‘qmi, din bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular. Oxirgi paytlarda, jamiyat va ilmiy doira vakillari jamiyat ichida, ayniqsa yoshlar orasida toqatsizlik va agressiyani keltirib chiquvchi dinning radikallashib borayotgani haqidagi o‘z xavotirlari bilan bo‘lishmoqdalar. Radikalizasiya natijasida toraygan dunyoqarash ilmiy andaza va nazariyalarni inkor etishga olib keladi.  

Mazkur maqolada biz mushtariylar e'tiborini Bahoiy E'tiqodining jihat va tamoyillaridan biriga qaratmoqchimiz, zero uningsiz jamiyatda radikal oqimlar va fanatizm chuqur ildiz otib, gullashi mumkin

✅ Ruhiy nuqtai nazardan, Bahoiy ta'limoti har bir shaxsni ilmiy yondoshuv bo‘lmish, haqiqatni mustaqil izlash tamoyilini tadbiq etishga chorlaydi, jumladan din haqiqatlarini tadqiq etishda. Bu tamoyilning talabi diniy aqidalarni oilaviy yoki madaniy meros sifatida ko‘r-ko‘rona qabul qilmaslikdadir; aksincha, diniy haqiqat inson tomonidan ongli va sistemali ravishdagi izlanishning mavzusi bo‘lishi kerak. 

✅ Darhaqiqat, ushbu tamoyil din uchun shunchalik ahamiyatliki, Bahoullohning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdul-Baho o‘z chiqishlarida, ko‘p martalab diniy haqiqatni izlashda mustaqil tadqiqotning muhimligiga urg‘u berganlar va uni dinga nisbatan bo‘lgan passiv yondoshuv yoki munosabatga qarshi qo‘yganlar:

«Shu sabab biz, ilohiy nasihatlarni yodda tutgan holda, ota-bobolardan qolgan aqidalarga shunchaki taqlid etishning samarasizligini anglashimiz lozim. Qolaversa, Haqiqat Quyoshi ilohiy ufqning qay nuqtasidan ko‘tarilib yorishmasin, uning mohiyatini anglash va uni qabul etish tuhfasiga ega bo‘lmoq uchun bor kuchimizni safarbar etishimiz kerak».

– Abdul-Baho, Umumbashar sulhni tarannum etmoq, 271-bet

✅ Shuningdek, Bahoiy ta'limotiga binoan, butun dunyoda tinchlikning barqaror bo‘lishi, oxir oqibat mana shu tamoyilning tadbiq etilishiga bog‘liqdir:

«Gar barcha xalqlar haqiqatni tadqiq etishga intilsalar, ular shubhasiz uni topadilar ... Toki ular turli taqlidlarga amal qilar ekanlar va haqiqat haqidagi bilimdan mahrumlar, dunyodagi urushlar davom etaveradi, yovuzlik va isyonlar baland kelaveradi. Agar ular haqiqatni tadqiq etsalar, unda adovat va nafratdan asar ham qolmagay, hamda mutlaq totuvlikka erishilgay».

– Abdul-Baho, Umumbashar sulhni tarannum etmoq, 222-bet

✅ Haqiqatni izlash va anglash to‘g‘risida Abdul-Baho uning to‘rt usulini sanab o‘tadilar

1. Birinchi usul - hissiy (empirizm), voqe'likni ma'lum bir darajada bilish imkoniyatini bersada, holbuki o‘z cheklovlariga ega.

«Hozirgi paytda barcha Ovro‘polik olimlar bu usulni eng mukammal deb hisoblashadi: ularning ta'kidlashicha, his etish orqali anglash, bilimga ega bo‘lishning asosiy usulidir; bu usulning nuqsonlarga yo‘l qo‘yishi va nomukammalligiga qaramay, ular uni eng yuksak usul deb biladilar. Masalan, hissiyotlardan eng mukamali ko‘zning ko‘rishi. Biroq ko‘z girdobni suv deb biladi, u ko‘zgulardagi tasvirlarni haqiqiy voqe'lik sifatida ko‘radi. Ulkan jismlar masofada kichik ko‘rinib, aylanayotgan sathdagi nuqta aylana bo‘lib ko‘rinadi. Ko‘zga zamin harakatsiz, quyosh esa harakatlanyotgandek ko‘rinadi. Yana ko‘plab holatlar borki, ko‘z xatoga yo‘l qo‘yadi. Shu bois unga ishona olmaymiz”.

– Abdul-Baho, «Ba'zi savollarga javbolar», 343-bet.

✅Shunday bo‘lsada, hissiyotlarning mukammalligigiga berilgan urg‘uga qaramay, Bahoiy ta'limotida empirik yondoshuv bilim va tushunchaga ega bo‘lishning zaruriy mexanizmi sifatida qaraladi.

Abdul-Baho empirik shakl va belgilarning intellektual konsepsiyalarni uzatishda zarurligini aniq bayon etganlar. Qaysidir jihatdan, Abdul-Bahoning metafizik(ruhiy) voqe'likni tushunishda bizning konkret detallar va hissiy ob'ektlarga muhtojligimizni ta'kidlaguvchi arastuviy yondoshuv bilan roziligini ko‘rish mumkin.

2. Ikkinchi usul aqlga asoslangan. Voqe'likni tushunishning bu usuli inson ongining mantiqiy fikrlash qobiliyatiga tayanib, asosan falsafada o‘z tadbiqini topadi. Aql va hissiyot orasidagi faylasuflarning bahsi falsafaning o‘zidek ko‘hna.

Umuman olganda, rasionalist-faylasuflar ilmiy empirizmning norozi tarafdorlari bo‘lib qolmoqdalar, ularning so‘zlariga qaraganda, ilmiy empirizm barchasi bahsli bo‘lgan cheklangan va qismiy haqiqatlar bilan qoniqadi.

✅Empirizm tarafdorlari o‘z o‘rnida, rasionalist-faylasuflarlarning balandparvoz da'volarini inkor etib, biz bilishimiz mumkin bo‘lgan barcha narsalar, mana shu empirik haqiqatlar, deya ta'kidlaydilar.

Rasionalistlar ham o‘z o‘rnida, haqiqatni tushunish va qabul etishda biz empirik uslublardan chetga chiqishimiz, hamda hissiyotlarga bog‘liklikidan ozod bo‘lgan aql-idrok tufayli qilinadigan xulosalarga kelishimiz kerak, deya ta'kidlashda davom etadilar. Biroq, Bahoiy ta'limotida aql-idrokning o‘z o‘zidan ishonchli va barcha narsani qamraguvchi emasligi tan olinadi. Bu fikrni izohlash uchun Abdul-Baho qadim faylasuflar orasidagi bahcni misol tariqasida keltiradilar:

«Ular barcha narsalarni aql-idrok yordamida isbotlar edilar va dalillar mantiqini mahkam ushlar edilar. Ularning barcha dalillari aqliy dalilar. Shunday bo‘lishiga qarmay, ular o‘z fikrlarida tarqoq edilar, ularning qarashlari bir-biriga zid edi. Ular o‘z qarashini o‘zgartirgan paytlar ham bo‘lgan, masalan, yigirma yil mobaynida mantiqiy dalillar yordamida ular biron bir narsaning borligini isbotlar edilar va so‘ngra yana o‘sha mantiqiy dalillar yordamida ularni inkor etar edilar.

… Demak, aqliy isbotlarga asoslangan bilimning nomukamalligi ham aniqdir va o‘tmish faylasuflarining o‘z fikrlarida o‘zagurvchan va turg‘un emasligi ushbu ta'kid foydasiga shahodat beradi. Garchi anglashning bu usuli mukammal bo‘lganida edi, barchalari o‘z fikr va g‘oyalarida mushtaraklikka kelishlari kerak edi.

– Abdul-Baho, «Ba'zi savollarga javbolar»

O‘z suhbatlaridan birida Abdul-Baho shunday deya e'tibor berganlar:

«… mantiqiy fikr yuritishni nuqsonsiz mezon deb belgilab bo‘lmaydi.

Masalan, o‘tmish asrlardagi buyuk ixtiro va kashfiyotlarning aksariyati noto‘g‘ri bo‘lib chiqmoqda va ular zamonaviy fan tomonidan inkor etilmoqda. Matematiklar, astronomlar, ximiklar o‘tmish olimlari chiqargan xulosalarni necha martalar inkor etib, ular mantiqining xatoligini isbotladilar; bizning mulohazalarimizda doimiylik yo‘q, shartsiz va yakuniy hech narsa yo‘q; barcha narsa o‘zgarishga moyil, modomiki insonning aqliy qobiliyati taraqqiy etar ekan, u yangidan-yangi izlanishlar olib boradi… Bugunda isbotlangan va inkor etib bo‘lmas deya hisoblangan haqiqat, kelajakda xato deya e'lon qilinib, inkor etilishi mumkin”.

– Abdul-Baho, Umumbashar sulhni tarannum etmoq

✅Ammo, bunday ta'kidni idrokdan voz kechish, deb qarmaslik kerak, boringki, aqliy tanqid deganda mohiyatan ushbu iboraning qotib qolgan izohi nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda, agar insoniyat o‘tmishdagi aqliy xulosalarga ko‘r-ko‘rona va o‘jarlik bilan yopishib oladigan bo‘lsa, vaqt o‘tishi va sivilizasiya taraqqiyoti bilan aql haqiqatni anglash yo‘lida to‘siqqa aylanishi mumkin. Bahoiy ta'limoti  

ilohiy ma'rifatni anglashni progressiv va evolyusion jarayon deb tariflaydi, unda aql, o‘zining jarayoniy yo‘nalish ifodasida barcha dinlar ichra o‘tuvchi, umumiy qamraguvchi bir butun idrok bilan yaxlit deb qaraladi.

3. Uchinchi usul – an'anaviy.  Voqe'likni tanishning bu usuli turli madaniyatlarda mavjud bo‘lgan, an'anaviy diniy e'tiqod tizimlariga sodiqlikka asoslanadiki, ular vaqt o‘tishi bilan turli zamonaviy diniy maktablarga bo‘linganlar. Ushbu e'tiqod tizimlari odatda, an'anaviy diniy konfessiyalarning muqaddas bitiklariga asoslangandir. Abdul-Bahoning aytishlaricha:

«…bu usulga binoan, har qanday xulosa yoki ta'kid muayyan diniy kitobda qayd etilgan rivoyatlar bilan tasdiqlanishi kerak. Hatto Muqaddas Kitoblarning, ya'ni Ilohiy Kitoblar o‘rganilganda ham, biz savol berishimiz kerakki, “Kim bu matnlarga izoh berayapti? Qanday vakolatli manba bu Kitoblarga izoh berishga layoqatli?”   

“Bu tafsirlar inson idroki yordamida berilgan bo‘lsa va gar idrok yoki aqliy qobiliyat ma'lum bir savollarga javob berishga qodir bo‘lmasa yoinki mujtahid ulamolarning Muborak Oyatlarga bergan sharhlari bir-biriga zid bo‘lsa, bunday usul xulosalarining aniqligiga tayanish mumkinmi?” 

– Abdul-Baho, Umumbashar sulhni tarannum etmoq

✅Bizga ma'lumki, aql-idrokning ma'lum bir holatda qotib qolishi kabi, an'analarning ham dogmatik fikrlash tarziga aylanib qotib qolishga moyilligi bor. Aksincha ham bo‘lishi mumkin, agar biron bir an'ana rivojlanib borayotgan aql tomonidan harakatlanuvchi turtki olsa, u foydali bo‘lishi va voqe'likni tadqiq etishning ishonchli usuliga ham aylanishi mumkin. 

4. Haqiqatni anglashning to‘rtinchi usuli – intuisiya.

Intuisiya deganda nimani tushunamiz? Intuitiv tushuncha inson ruhining mahsuli, qalbimizning sadosi.

«O‘tmish faylasuflarining aksariyati ichki yorishuv(basirat) va kashfiyotlarga asoslanganlar. O‘z xulosalarini ilgari surganda, ular “Bu bilim menga ko‘kdan ochildi” yoki “Intuisiyaga(ko‘nglimga) quloq tutdim” deya e'lon qilganlar. Illyuminatlar shunday olimlar qatoriga tegishli. Intuisiya va ilhom o‘z mohiyatida inson yuragining rag‘bati va sezgirligi. Ba'zan yurak sadosi shaytoniy “men”ning ovozi ham bo‘lishi mumkin. Qanday qilib uning manbaini aniqlashimiz mumkin? Savol shundaki, qanday qilib inson ruhi intuisiya yordamida ilohiy ilhomni shaytoniy vas-vasadan ajrata olishi mumkin? 

– Abdul-Baho, Umumbashar sulhni tarannum etmoq

✅ Yuqorida keltirilgan mulohazalar, voqe'likni tanishda, insoniy idrokning o‘z xulosasida tayanadigan har to‘rtalla usul yoki mezonining nomukammal va noaniq ekanligidan yaqqol dalolat beradi. Ularning bari noto‘g‘ri yoki xato ta'kidlarga olib kelishi mumkin. Biroq, biron bir anglangan ta'kid, hissiy sezgirlikka mos keladigan isbotlar bilan mustahkamlangan bo‘lsa va aqliy dalillarga qarshi bo‘lmasa, an'anaviy sharhlar va intuisiyaga muvofiq kelsa, bunday ta'kidga to‘lasincha ishonish va uni haq deb sanash mumkin, zero u, anglashning mavjud usullari bilan tekshirilgan va vaqt bilan sinalib, tan olingandir. Agar biz faqat bir usuldan foydalansak, unda xatoga yo‘l qo‘ymaslik istisno emas. Bunday xulosa ravshan va shubhasizdir.  

 

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных