Sog‘liqni saqlash borasidagi krizisdan biz qanday saboq oldik

what learned health crisis peace chair researchers 00

AQSh, kollej-Park, Merilend shtati-Oxirgi oylarda dunyo bo‘ylab hukm surayotgan pandemiya millionlab odamlarga nafaqat virus yuqtirirdi,balki ularga iqtisodiy qiyinchiliklar va boshqa oson bo‘lmagan vaziyatlar tug‘dirdi.Ko‘plab odamlar,ayniqsa kurashning old qatorlarida turganlar haqiqiy qahramonlik ko‘rsatishdi. Bu misli ko‘rilmagan sinovlar jamiyat taraqqiyoti haqidagi chuqur munozalarni keltirib chiqardi.
Shu yilning aprel oyida Merilend shtati Universiteti "Jahonga tinchlik" bahoiy kafedrasi tadqiqotchilarga "COVID-19 pandemiyasi saboqlari"nomi ostida qator maqolalar berishni taklif etdi.

 "Bu krizis inson tabiatini ikki tomonini ochib berdi va bizni krizisdan qanday saboqlar olishimiz haqida o‘ylab ko‘rishga majbur etdi",-deydi "Jahonga tinchlik" bahoiy kafedrasining mudiri Xoda Mahmudiy.-Biz birdamlik va hamjihatligimizni mustahkamlash yo‘lida og‘izda emas,amalda qanday qadamlar qo‘yamiz?"
Merilend shtati Universiteti " Jahonga tinchlik" bahoiy kafedrasining tadqiqotchilari "SOVID-19 pandemiyasi saboqlari" nomi ostida nashr ettirish uchun maqolalar berishni taklif etdi.Taklif qilingan maqolalar xususida kafedra mudiri Xoda Maxmudiy fikr yuritar ekan,u shunday deydi:"Bu nashrning maqsadi-tushunchalarimizni kengaytirib o‘z navbatida bizga harakatlanish uchun yangi imkoniyatlarni yaratishdir.Har doim yangi o‘zgarishlar yuksak va realistik ideallarga ega bo‘lgan odamlarning uncha katta bo‘lmagan guruhining shijoati va harakati bilan boshlanadi".
AQSh,Kollej-Park, Merilend shtati-Ozirgi oylarda dunyo bo‘ylab hukm surayotgan pandemiya millionlab odamlarga nafaqat virus yuqtirirdi, balki ularga iqtisodiy qiyinchiliklar va boshqa oson bo‘lmagan vaziyatlar tug‘dirdi. Ko‘plab odamlar , ayniqsa kurashning old qatorlarida turganlar haqiqiy qahramonlik ko‘rsatishdi. Bu misli ko‘rilmagan sinovlar jamiyat taraqqiyoti haqidagi chuqur munozaralarni keltirib chiqardi.
Shu yilning aprel oyida Merilend shtati Universiteti "Jahonga tinchlik" bahoiy kafedrasi tadqiqotchilarga "COVID-19 pandemiyasi saboqlari nomi ostida qator maqolalar berishni taklif etdi.
"Bu krizis inson tabiatini ikki tomonini ochib berdi va bizni krizisdan qanday saboqlar olishimiz haqida o‘ylab ko‘rishga majbur etdi"-deydi "Jahonga tinchlik" bahoiy kafedrasining mudiri Xoda Maxmudiy.-Biz birdamlik va hamjihatligimizni mustahkamlash yo‘lida og‘izda emas, amalda qanday qadamlar qo‘yamiz?"

Bu maqolalarda pandemiyani iqtisodiyotga,atrof muhitga, ommaviy axborot vositalari va hayotimizning boshqa sohalariga ta'siri tadqiqot qilinmoqda.Ularning ko‘pchiligida bu krizis sog‘liqni saqlash borasida jamiyatdagi yaqqol tengsizlik jarligi borligini ko‘rsatdi.

Santa-Barbaradagi Kaliforniya universitetidan Elison Braysk,irqchilik va inson huquqlarini buzilishiga-jamiyatda tarqalayotgan "o‘zgalik" va "ijtimoiy tarqoqlik" kasalliklari sifatida ta'rif bermoqda. Doktor Braysk, qiyinchilik va jabrdiydalikga birham berilishi tarixan ijtimoiy birdamlikga bog‘liq ekanligi haqida aytib o‘tdi. "Bu shundan dalolat beradiki,bizni nafaqat koronavirus epidemiyasini yenga olishimiz,balki umuman sivilizasiya sifatida omon qolishimizning kaliti- insonni xo‘rlash epidemiyasiga qarshi tura olishga qodirligimizdadir.

what learned health crisis peace chair researchers 01AQShning Rutgers Universitetidan Dafna Lemish,tengsizlik ayniqsa raqamli texnologiyalar borasida namoyon bo‘layotgani haqida yozadi. Uning tushuntirishi bo‘yicha,ommaviy bahslarning asosiy mavzusi bolalarni OAV dan va jumladan,"ekran vaqti" dan qanday foydalanishi bilan bog‘liq. Endi esa diqqat markazi o‘zgarishi mumkin:

"Raqamli tengsizlik,ayniqsa, shu krizis paytida ko‘pgina boshqa ijtimoiy tengsizliklarning ham alomati sifatida yaqqol namoyon bo‘ldi: OAVga egalik huquqi va Internetga chiqish hamda axborot oqimini qabul qilishdagi tengsizlik,yashash sharoiti tengsizligi natijasida OAVdan to‘g‘ri foydalana olmaslik,raqamli savodxonlik,bilim va ko‘nikmalarni egallashdagi tengsizlik".

Adelaida Universitetidan Melissa Nursi-Brey kapitalizm va shaxsiy talab nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish,shahar sharoitida odamlarni bir-biridan ayirib,ularni tabiatdan uzoqloshtirayotgani masalasini o‘rganmoqda. U ba'zi ijtimoiy guruh vakillari pandemiya vaziyatidagi zulmatdan umid uchqunlarini topayotganliklari haqidagi masalalarni tadqiq qilmoqda.

Doktor Nursi-Brey: "Avvallari biz dam olishni qanday o‘tkazish,yana nima yangi narsa olish haqida o‘ylagan bo‘lsak, endi e'tiborni boshqa kimsalarga,oilamizga tegishli kundalik tashvishlarga qaratish,ko‘proq "uychi" bo‘lib o‘tirishga to‘g‘ri kelayotganligi" haqida yozadi.Shu bilan birga bu maqolada odamlarni yig‘ilib, bir-biri bilan barqaror hayot tarzi haqida suhbatlashishga imkon yaratish haqida ham so‘z yuritiladi.
Suratlar hozirgi global krizisgacha olingan. 1993 yilda Merilend Universiteti qoshidagi ahloqiy va ijtimoiy fanlar kollejidagi bahoiylar kafedrasi,fanlararo tadqiqotlar va jahonda tinchlik o‘rnatish masalalarini o‘rganishga qaratilgan akademik dasturi mavjud. Uning maqsadi insoniyatni gullab yashnashiga erishish borasidagi bilimlarni yig‘ish.

what learned health crisis peace chair researchers 02

Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish mavzusiga izoh berar ekan,doktor Maxmudiy shunday deydi:

"Pandemiya davrida ishchi xodimlarning asosiy qismini ayollar tashkil etdi.Jamiyatni taraqqiy etishiga, tibbiyot va sanitariya xodimlari sifatida katta hissa qo‘shib kelayotgan ayollar uy ishlarini ham o‘z zimmalarida ko‘tarib shu bilan birga oilalaridagi yoshu-qarilarni parvarish qilib kelmoqdalar. Lekin qarangki, ayollarga zulm qilish tez-tez uchrab turadigan hol bo‘lib qoldi. Ayollar doim har qanday jamiyatda muhim o‘rinni egallab kelganlar,biroq ularning qo‘shayotgan hissasi ko‘pincha qadrsizlanadi va extiborga olinmaydi. Yangi dunyoni qurishda ayollarni to‘liq ishtiroki, mustahkam ijtimoiy tartibni o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ular ta'lim olishlarida va qaror qabul qilishlarida teng huquqlarga ega bo‘lishlari zarur. Ayollarni erkaklar bilan huquqlari teng bo‘lmagunicha butun dunyoda tinchlik o‘rnatilmaydi"

 

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных