FUNDAEC mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirmoqda

self sufficiency fundaec local food production 00

Fotosuratda - birgalikda ishlaydigan oilalar.

Kolumbiyadagi Bahoiy g'oyalariga asoslangan FUNDAEC tashkiloti, pandemiya uzoq vaqt davom etishini anglab, ushbu qiyin davrda qanday qilib jamiyat uchun amaliy foyda keltirish mumkinligi haqida o’ylandi va Mart oyidan boshlab ushbu yo'nalishda faol ish olib borib, bugungi kunga qadar butun mamlakat bo'ylab 1500 dan ortiq kishiga, 800ga yaqin qishloq xo'jaligi tashabbuslarida qatnashishda yordam berdi.

CALI, Kolumbiya - Kolumbiyada pandemiya tarqalganida, hayotning ko'p sohalarida noaniqlik paydo bo'ldi. Bahoiy g'oyalariga asoslangan FUNDAEC tashkiloti, mazkur inqirozning uzoqqa cho’ziluvchi asoratlarinin anglab, ushbu qiyin damlarda o’zining qanday qilib jamiyat uchun amaliy foyda keltirishi mumkinligini qarab chiqdi.

FUNDAEC bosh direktori Lesli Styuart, tashkilot deyarli darhol o'z diqqat e'tiborini oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha mahalliy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashga qaratganligini tushuntiradi. “Pandemiya mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi, 10 milliondan ortiq kishi ishsiz qoldi. Bunday vaziyatda, pandemiya boshlanganida, bizning ko’pgina rivojlanish dasturlarimizning bir qismi bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish masalasi markaziy masalaga aylandi. Mart oyidan beri FUNDAEC oziq-ovqat bilan o’z-o'zini ta'minlash tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash uchun to'rt keng yo'nalishga e'tiborni qaratdi: uy bog’larini yaratish, yirik dehqonchilik yerlariga ishlov berish, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, hamda ularni tarqatish va tijoratlashtirish".

FUNDAEC (ispancha Fundación para la Aplicación y Enseñanza de las Ciencias) 1974 yilda Kolumbiyada tashkil etilgan va 40 yildan ortiq vaqt davomida, odamlarda o'z jamiyatlariga chinakkam foyda keltirish qobiliyatini rivojlantirib kelmoqda. Ushbu loyihani boshlar ekan u, o’zining oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi ko'p yillik tajribasi va izlanishlariga asoslanib, odamlarga qishloq xo'jaligining turli jihatlari - urug' tanlash, tuproq salomatligi, o'simlik zararkunandalari va kasalliklarga qarshi kurashish, o'rim-yig'im texnologiyalari va hokazolar to'g'risida ma'lumot beradigan onlayn-seminarlarni tashkil qildi.

self sufficiency fundaec local food production 01

Kauka, Kolumbiya, Periko-Negro shahri "Universitetning qishloq farovonligi markazi"da ekish uchun makkajo'xori urug'ini tanlash.

Styuart xonimning ta'kidlashicha, FUNDAECning taraqqiyotga bo'lgan yondoshuvi fan va din o'rtasidagi uyg'unlik, insoniyatning birligi va jamiyatga fidokorona xizmat qilish kabi Bahoiy tamoyillariga asoslanadi: "Agar biz ijtimoiy taraqqiyotga ham moddiy, ham ma'naviy jihatdan hissa qo'shmoqchi bo'lsak, fan va din o’rtasida dialog zarur deb hisoblaymiz. Qishloq xo'jaligi tsivilizatsiyani qurishda muhim rol o'ynaydi. Bu ijtimoiy hayotni tashkil qilish uchun katta ahamiyatga ega va uni dinda ham, fanda ham topilishi mumkin bo'lgan g'oyalarga asoslash kerak. Biroq, ilgari qishloq xo'jaligi tizimining poydevori deb hisoblangan materialistik falsafa farovonlikni ta'minlay olmadi va oziq-ovqat masalasi bu munozaraning markazida bo'lib kelmoqda. Xo'sh, qanday qilib ma'naviy tamoyillar rivojlanish va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish muammolarini tushunishga yordam beradi? Masalan, biz qishloq xo'jaligini rivojlantirishga adolat va hamkorlikka asoslangan bo'lishimiz, yer va atrof-muhitga qadr-qimmat va hurmat-izzat bilan qarashimiz kerak.

Biz bu davrda odamlar tabiiy ravishda umumiy maqsadni anglashlarini - boshlariga tushgan musibatlarni o'z vatandoshlariga xizmat qilish imkoniyatiga aylantirishi mumkinligini ko'rdik. Bizning tashkilotimizning vazifasi, mana shu energiyani foydali yo'nalishga yo’naltirishdir.“

self sufficiency fundaec local food production 02

Cordova, Kolumbiya, Puerto-Euxeniodagi oila a'zolari o'zlarining boshqa jamoa a'zolari va FUNDAEC materiallarini "Ijtimoiy loyihalarga tayyorgarlik" dasturi orqali o'rganayotgan bir guruh yoshlar yordamida tashkil qilgan "kollektiv o'quv maydonchasida" urug' ekishadi.

Markaziy Kolumbiya, Aype shahrida bir xil fikrli odamlar Bahoiy Mahalliy Ruhoniy Kengashi bilan birgalikda kichik fermani tashkillashtirdilar. Hokimiyat va mahalliy agronom bilan aloqalarni o'rnatish orqali guruh bu yerdagi 13 oilani o'zlarining sabzavot bog'larini barpo etishga ilhomlantirgan. Birinchi hosil 70 kishidan ko'proq odamni oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun yetarli edi. O'z navbatida, ushbu hosilning bir qismini olgan odamlar ham loyihaga qo'shilishga qaror qilishdi. Odamlarni sog'lom, organik oziq-ovqat bilan ta'minlash orqali jamoaga xizmat qilish g'oyasi chinakam ilhomlantirdi.

"Odamlar o'z jamoalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda boshqalarga o'rnak bo'la oladi", - deydi Ever Rivera, FUNDAEC dasturining muvofiqlashtiruvchisi. - Ilgari hech qachon oziq-ovqat ishlab chiqarmaganlar bu misollardan ilhomlanib, boshqalarning qo'llab-quvvatlanishidan xursand bo'lishadi. Hatto qo'shnilar o'rtasidagi oddiy suhbatlar oziq-ovqat texnologiyasi atrofida quriladi".

self sufficiency fundaec local food production 03

Kolumbiya, La-Guaxira, Rioacha shahridan bo'lgan oila 40 kvadrat metr maydonda bir necha turdagi ekinlarni ekdi. Tuproqni tabiiy o'g'itlar bilan boyitishni va aromatik o'simlik turlarini biologik boshqarish tizimi sifatida ekinlarni himoya qilish tizimidan foydalanishni o'rgangan bu oila hozirda o'z harakatlarining samarasidan bahramand bo'lmoqda.

Tuchindagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha tashabbuslarning ishtirokchisi Arelis, odamlar o'zlarining atrofidagi yerlarga boshqacha munosabatda bo'lishlaridan hayratda qoldi. Uning so'zlariga ko'ra: "Oilalar o'zlari egallagan binolarda oziq-ovqat ishlab chiqarish mumkinligini anglashdi va odamlar hatto inqiroz ham foydali bo'lishi mumkinligini tushunishdi".

self sufficiency fundaec local food production 04

Kolumbiya, Kauka, Vilya-Rika shahridagi oila o'z terassalarida sabzavotlar, o'tlar va ziravorlar yetishtirish uchun bo'sh idishlardan foydalanadi. Har xil bog' o'simliklari asalarilarni jalb qilishga va zararkunandalarni qaytarishga yordam beradi. Bu oila o'z hosilini boshqa to'rtta oila bilan baham ko'rdi va hozirda o'z jamoalaridagi boshqalarga uyda o'simlik o'stirishiga yordam bermoqda.

Seminarlardan tashqari, FUNDAEC oylik axborot byulleteni chiqaradi va tarqatadi, bu butun mamlakat bo'ylab ishtirokchilarni mahalliy tashabbuslar natijasida hosil bo'ladigan bilimlar to'plami bilan tanishtiradi.

Ushbu yo'nalishda olib borilayotgan doimiy sa'y-harakatlar doirasida ushbu tashkilot qishloq xo'jaligiga oid masalalarda hukumat amaldorlari, akademiklar va fuqarolik jamiyati tashkilotlarini jalb qiladi:
"Gap fermerlarga an'anaviy bilimlar va zamonaviy ilm-fanning ilg'or tajribalarini olib boradigan agronom talabalar bilan muloqotni rivojlantirishga qaratilgan", - deydi Styuart xonim. - Ushbu muloqot, bir tomondan, "yaxshi eski usullar" ni ortiqcha ishqiy munosabatlardan qochish, boshqa tomondan zamonaviy texnologiyalarni tanqidsiz qabul qilish imkonini beradi. Buning o'rniga u chuqur dehqonchilik an'analarini ma'naviy printsiplar - tabiat uchun minnatdorlik va kelajak avlodlarga ularning munosabati ta'sirini tushunish - zamonaviy agronomiya fanining g'oyalari va ilg'or tajribalari bilan birlashtiradigan alternativ tizimni yaratadi".

self sufficiency fundaec local food production 05

Kolumbiya, Kauka, Puerto-Texadagi bir oila devordan osilgan eski idishlarda o'tlar va sabzavotlarni o'stirish orqali ular uchun mavjud bo'lgan bo'sh joydan foydalangan.

Pandemiya boshlanishidan butun mamlakat bo'ylab 1500 dan ortiq kishi FUNDAEC tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan 800 ga yaqin qishloq xo'jaligi tashabbuslarda ishtirok etishdi.
 
Ushbu tashabbuslarning dastlabki hosillari haqida mulohaza yuritib, Styuart xonim shunday deydi:

"O'rim-yig'im vaqti har doim o'zgacha. Ushbu tadbir fikrlashni rag'batlantiradi, odamlarga o'simliklar o'sib ulg'aygan sayin va biz ham shaxs sifatida, ham jamiyat sifatida o'z qobiliyatlarimiz o'sayotganligini anglashga imkon beradi. Ishtirokchilar ushbu loyihalarda ruhiy fazilatlar qanchalik muhimligini ko'rishadi. Inqiroz davrida ehtiyojlarga tezkorlik bilan javob qaytarish uchun birlik zarur. Ekilgan urug'larning unib chiqishiga ishonish uchun iymon kerak. O'simliklarning o'sib, rivojlanishini kutish va muvaffaqiyat yo'lida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengish uchun sabr-toqat kerak. Kundalik vazifalar mehr-muhabbat, qat'iyat va tirishqoqlikni talab qiladi. Bu davr odamga saxovati uchun yerga (zaminga) minnatdorchilik bildirishga va unga g'amxo'rlik qilishga, uni himoya qilishga imkon beradi».

 

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных