Mustaqillik kuni muborak bo'lsin

mustaqillik

О’zbekiston Bahoiy Jamoasi barcha vatandoshlarimizni Mustaqillik Kuni bayrami bilan tabriklaydi.

Shu mamlakat aholisi bo’lmish, barchamiz uchun vatanimizning mustaqillikka erishgani  juda ahamiyatlidir, zero, ko'p o'n yilliklar davomida Ollohga bo'lgan ishonchning inkor etib, bostirib kelinishidan so'ng, Konstitutsiyaning qabul qilinishi va "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonunning qabul qilinishi, 13 diniy konfessiyani ro'yxatdan o'tkazishga imkon berdi, jumladan, bugungi O’zbekiston hududida XIX asr oxiridan buyon o’z tarixiga ega bo'lgan Bahoi E'tiqodi uchun ham shunday imkoniyat yaraldi.

Fuqarolik jamiyatidagi hozirgi jadal rivojlanish va islohotlar, inson huquqlarini himoya qilish, gender tengligi, diniy erkinliklar va ko'plab boshqa sohalarda taraqqiyotga erishishga bo’lgan urinishlar bahoiylar uchun alohida ahamiyat kasb etishi shundaki, bular ikki muhim sana - Bahoiy E’tiqodi asoschilari tavalludining ikki yuz yilligiga to'g'ri kelmoqda. Bu tavallud sanalaridan birinchisi 2017 yilda nishonlangan bo'lsa, ikkinchisi 2019 yil oktyabr oyida nishonlanadi. Mazkur muddat ichida ulkan ruhiy kuchlar ozod qilinib, jamiyatga yangi hayot bag'ishlashiga va mamlakatimizda ro'y berayotgan o'zgarishlarga ijobiy ta’sir ko’rsatishiga ishonchimiz komildir.

Vatanimiz aholisiga chin yurakdan tinchlik-totuvlik, baxt-saodat, farovonlik va jamiyat hayotida xizmat ko'rsatishda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных