Mening ismim – Ayol

woman proekt

12 mart kuni soat 18.30. da ZERO LINE galereyasida gender tengligi, ayollarga bo'lgan munosabat stereotiplari va jamiyatdagi mavqeiga bag'ishlangan "Mening ismim - Аyol" nomli документал fotograf Elyor Nematovning taqdimoti va suhbati bo'lib o'tdi.

"Mening ismim - Ayol" - bu fotosuratlar va videolarni o'z ichiga olgan loyiha. U Qirg’izistonda yashovchi ayollarning yashash sharoiti haqida gapiradi. Bular turli ayollarning 26 ta hikoyasi. Ba'zilari orqali erta turmush qurish, kelinlarni o'g'irlash "odatlari", migratsiya, ta'lim olish imkoniyati, martaba va munosib nafaqa kabi ijtimoiy muammolar yoritiladi. Boshqalari esa siyosat, biznes, ijtimoiy ishlarda ayollarning yo'lini tasvirlaydi.

 Tadbirda muallif loyiha ustida ishlash, qahramonlar bilan muloqot qilish, fotosuratlar va videolar yaratish haqida so'zlab berdi. Shuningdek, u talabalik yillarida Bahoiy Тa'limoti va uning printsiplari haqida bilganligi go'zallik va bilimga bo'lgan qiziqishini uyg'otgani, dunyoga yangicha qarash va odamlar o'rtasidagi munosabatlar haqida ko'plab tushunchalarni qayta ko'rib chiqish imkoniyatini yaratgani, u jamiyatning ijtimoiy muammolari bilan bog'liq loyihalarni yanada chuqurroq ochishga yordam bergan odamlar va dunyo jarayonlarining o'zaro munosabatlari haqida fikr yuritdi.

Elyor Nemat – bahoiy diniga e’tiqod qiladi, dokumental fotograf, Buxoroda tug'ilgan. Hozir Toshkentda yashaydi. U Getty Images a'zosi. "Men muhojirman", "Dadam ertaga keladi", "Chapondar va Koshokdar", "Buxoro bolalari" va boshqa ko’plab noyob dokumental loyihalar muallifi.

wwww.nematov.org

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных