Din ishlari bo'yicha qo'mitada diniy konfessiyalar Kengashining yig'ilishi.

photo5199742100554493548

2020 yil 30-iyun, Toshkent.

30 iyun kuni Din ishlari qo'mitasi diniy konfessiyalar Kengashining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi, unda 15 ta diniy tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibida diniy tashkilotlarning karantindagi faoliyati, AQSh Davlat departamentining dunyoda diniy erkinliklar bo'yicha 2019 yildagi hisoboti va yangi tahrirdagi Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi Qonun loyihasini tayyorlash masalalari ko'rib chiqildi.

 Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi karantin paytida tartibni saqlash va Sardoba suv omborida jabrlanganlarga diniy tashkilotlar tomonidan ko'rsatilayotgan yordam uchun barcha diniy konfessiyalarga o'z minnatdorchiligini bildirdi. Ushbu harakatlar bizning birligimiz va hamjihatligimizni namoyish etdi.
Bundan tashqari, AQSh Davlat departamentining 2019 yil uchun hisobotida O'zbekistonda diniy tashkilotlar faoliyati va vijdon erkinligi sohasidagi ijobiy qadamlar haqida gap ketgani ta'kidlandi.

Kengash a'zolariga ko'plab o'zgartirishlarni o'z ichiga oladigan yangi qonun loyihasini tayyorlash borasidagi ishlar to'g'risida, jumladan, "Vijdon va e'tiqod erkinligi to'g'risidagi qonun" nomiga o'zgartirishlar kiritilishi haqida batafsil ma'lumot berildi. Yangi qonun sezilarli darajada kengaytirilib, 8 bob va 40 moddadan iborat bo'ladi. Qonun loyihasi tayyor va hozirda Parlamentda ko'rib chiqilmoqda.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных