Bahoiy faoliyati

«Ma’rifat jomi limmo limdir, undan totganlar saodatmand bo‘lur! Hayot bulog‘i jo‘sh urib toshmoqda; undan ichganlar saodatmand bo‘lur!».

Hazrati Abdul-Baho

Vebsaytning mazkur qismida bahoiylarning yakka va kollektiv tartibda, o‘z muassasalari orqali E’tiqodning Eron zaminida va yaqin Sharqda kurtak otib paydo bo‘lishi paytidan boshlab bugungi kundagi butunjahon bahoiy jamoasiga aylanguniga qadar qanday qilib Hazrati Bahoullohning Zuhuriga javob berganligi qarab chiqiladi.

XIX asrda Bahoi E’tiqodining vujudga kelgan paytidan boshlab, borgan sayin ko‘plab insonlar Hazrat Bahoulloh ta’limotidagi dunyo farovonligi haqidagi mukammal nazarni o‘zlari uchun kashf emoqda. Ko‘pchilik ushbu ta’limotdan olgan tushunchalarini va Bahoiy tamoyillarini o‘z hayotlari va ishlarida qo‘llashga harakat qilmoqdalar, ya’ni, insoniyat birligi, ayollar va erkaklar teng huquliligi, xurofotlarni chetlashtirish, fan va din o‘rtasidagi uyg‘unlik shular jumlasidandir. Boshqalar esa, yanada oldinroqqa ketdilar va Bahoiy jamoasiga qo‘shilishga,  hamda, Hazrat Bahoullohning insoniyat yetuklik davriga kirishi haqidagi ajoyib nigohining amalga oshishida bevosita hissa qo‘shadigan harakatlarda ishtirok etishga qaror qildilar.

Bahoiylar jamiyatning barcha qatlamlariga oid. Yoshu qari, erkagu ayol, bir qatorda boshqa odamlar orasida, har bir mamalakatda yashaydilar va barcha  millatlarga mansubdirlar. Ular insoniyatga xizmat qilish va Hazrat Bahoulloh ta’limotiga muvofiq ravishda o‘z ichki dunyolarini takomillashtirishdan iborat umumiy maqsadni baham ko‘radilar. Ular tegishli bo‘lgan jamoa - har qanday ustunlik hissidan holi bo‘lgan yoki haqiqatni tushunuvchi tanholikka da’vo etishdan ozod bo‘lgan, tahsil va amaldan iborat jamoadir. Bu jamoa, insoniyat kelajagiga bo‘lgan umidni parvarishlashga va ma’noli faoliyatni qo‘llashga intiluvchidir; bu jamoa, birdamlikni targ‘ib qilish, hamda insoniy iztiroblarni yengillashtirish uchun dunyo bo‘ylab mehnat qilayotgan barchaning say’-harakatlarini qadrlovchi jamoadir.

«Hazrati Bahoulloh birdamlik doirasini chizdilar, Ul Zot butun jahon xalqlarini birlashtirish va ularning barini umumjahon birdamlik chodiri ostida yig‘ish naqshini bitdilar. Bu Ilohiy Marhamatning ishidir va bizning hammamiz toki birdamlik ongimizda haqiqatga aylanmagunicha jonu dilimiz bilan unga intilmog‘imiz kerak. Bu yo‘lda harakat qilar ekanmiz, bizga yangi kuchlar ato etilajak»

Hazrati Abdul-Baho

Image

Hazrati Bahoullohning chaqirig‘iga javob
Bahoiy hayoti uchun muhim bo‘lgan ikki tomonlama maqsad

Image

Ibodatli hayot
Xizmat va ibodatning bahoiy jamoasi hayotida yaxlitligi

Image

Oila va bolalar
Oilanining muhimligi va bolalar ta’lim-tarbiyasi

Image

Yoshlar
Bahoiy yoshlarining dunyoni yaxshilashga yo‘naltirgan sa’y-hrakatlari

Image

Institutsional salohiyat
Bahoiy jamiyati ma’muriy tizimining rivojlanishi va va u bilan bog‘liq jarayonlarning takomillashtirilishi

Image

Jamiyat hayotida ishtirok
Moddiy va ma’naviy sivilizatsiyaning oldinga siljishi uchun barcha bilan hamkorlik

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных