Bahoiy Xalqaro Hamjamiyati: "Agrar siyosat migratsiya omillarini bartaraf etishning kalitidir".

agricultural policies drivers migration bic brussels 00

Ugandadagi Bahoiy ta’limotidan ilhomlanib tashkil topgan "Kimanya-Ngeyo" nomidagi Fan va ta'lim Jamg’armasi qoshidagi o'quv markazida "ozuqa minorasi"ning qurilishi.

BRYUSSEL — Migrantlar va qochoqlar muammosini hal qilish uchun ko'plab davlatlar chegara nazorati va migrantlar uchun kvotalar kabi choralarni amalga oshirmoqdalar. Vaholanki, so'nggi yillarda migratsiyaning asosiy sabablarini hal etuvchi uzoq muddatli yondashuvning zaruriyati tobora tan olinmoqda.

Bahoiy Xalqaro Hamjamiyatining (BXH) Bryusseldagi bo'limi migratsiyaning asosiy omillariga e'tibor berishni va odamlar nega to'satdan o'z uylarini tark etishga qaror qilganliklari to'g'risida o'ylanishni taklif qiladi. BXH ushbu omillarning ayrimlarini siyosatchilar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan birgalikda o'rganish uchun Yevropa Komissiyasining Qo'shma Tadqiqot Markazi ishtirokida qator munozarali platformalarni yaratdi.

 BXHning Bryusseldagi bo'limidan bo’lgan Reychel Bayani, ushbu munozaralarga konstruktiv rahbarlik qilish uchun ba'zi ruhiy tushunchalarni ko'rib chiqish kerak, deb hisoblaydi. "Bahoiylar tomonidan ilgari surilgan insoniyat birligi printsipi, bir joyda yashaydigan odamlar o'z qarorlari va hatti-harakatlarining nafaqat atrof-muhitga, balki butun insoniyatga qanday ta'sir qilishi to'g'risida o'ylashni boshlaydilar. Migratsiya va qochoqlar muammolariga yangicha tizimli yondoshishda ushbu tamoyilni hisobga olish kerak, chunki Yevropaning farovonligini dunyoning qolgan qismidagi farovonlikdan ajratib bo'lmaydi".

agricultural policies drivers migration bic brussels 01

Bahoiylar tomonidan e'tiborini jalb etgan omillardan biri, bu qishloq xo'jaligiga oid siyosat va Afrikadagi migratsiya sabablari o'rtasidagi bog'liqlikdir. O'tgan hafta ushbu mavzudagi so'nggi yig'ilishda Bahoiy Xalqaro Hamjamiyatining Bryusseldagi bo'limi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti Afrika va Yevropaning 80 dan ortiq siyosatchilari va boshqa jamoat arboblari bilan onlayn munozarani boshladilar. Ular Yevropa qishloq xo'jaligi siyosati va Afrika migratsiyasini harakatlantiruvchi kuchlari o'rtasidagi bog'liqlikni muhokama qilishdi.

agricultural policies drivers migration bic brussels 02

"So'nggi yillarda odamlarni o'z vatanlarini tark etishga majbur qiladigan omillarga ko'proq e'tibor qaratishning zarurligi tan olindi, - deydi Bayani xonim. - Biz turli xil siyosiy sohalar, jumladan qishloq xo'jaligi, savdo, investitsiya va atrof-muhitni muhofaza qilish kabilarning migratsiyani harakatlantiruvchi kuchlarga qanday ta'sir qilishini tushunishni istaymiz".

"Siyosatning ijobiy va salbiy oqibatlarini kuzatish oson emas, ammo bu butun insoniyat farovonligini hisobga oladigan uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishda to'sqinlik qilmasligi kerak".

Uchrashuv ishtirokchilari migrantlarning aksariyat hollarda qay tariqa qishloqlardan shaharlarga, u yerdan esa, boshqa mamlakat va boshqa mintaqalarga o’tadigan yo'llarni izma iz ko'rib chiqdilar. Ushbu munozaralar iqtisodiy va ekologik inqirozlar, fermerlarning yerlarni qo’ldan boy berishi va odamlarning Afrikadagi qishloq joylarini tark etishiga olib keladigan boshqa omillar butun mintaqaga va hatto undan chetga ham ta'sir ko'rsatishiga oydinlik kiritdi.

“Migratsiya qishloq joylaridan boshlanadi. Agar odamlar qishloq joylaridagi hayotlaridan norozi bo'lsa, shaharlarga, keyin chet ellarga qochishga majbur bo'ladilar", - dedi Jeffri Vafula Kundu, Afrika Ittifoqi Komissiyasining migratsiya dasturlari koordinatori.

Yevropa yosh fermerlari Kengashi prezidenti Yannes Mayes qishloq xo’jaligiga nisbatan bo’lgan ijobiy munosabatlar, ayniqsa qishloq yoshlari orasida mavjud bo’lsa, bu dunyoning har qanday burchagida qishloq jamoalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat egallashini ta'kidladi.

"Qishloq xo’jaligiga nisbatan ijobiy tushunchani ilgari surish uchun to'siqlarni barham etish kerak, - deydi janob Mayes. - Yevropadagi asosiy to'siqlar - va afrikalik hamkasblarimizning xuddi shunday xulosalarini eshityapmiz - bu, “mulkni o’stiruvchi sarmoya” bo’lmaganda ham yerdan foydalanishga, yetkazib berish zanjirlariga va investitsiyalarga doxillikdir. Bu muammolarni keng jamiyatimiz bilan hal qilish kerak".agricultural policies drivers migration bic brussels 03

Ugandadagi Bahoiy ta’limotidan ilhomlanib tashkil topgan "Kimanya-Ngeyo" nomidagi Fan va ta'lim Jamg’armasi tuproq tahlilini o’tkazmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkilotining vakili Joselin Braun-Xoll dedi: "... Biz qishloq xo'jaligimizning muammoni hal qilishda ijobiy hissa qo'shayotganiga va migratsiya masalasida e'tibordan chetda qolmasligiga ishonch hosil qilishni xohlaymiz".

Yevropa komissiyasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo'yicha Bosh direktori Leonard Mizzi koronavirus inqirozidan barqaror iqtisodiy tiklanishni ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlar bardoshli qishloq xo'jaligi tizimlarini yaratishga imkon berishini ta'kidladi. "COVID ushbu tizimlardagi, masalan, savdo-sotiq nuqtai nazaridan zaifliklarni aniqladi. Qanday oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish kelajakdagi zarbalarga ko'proq bardoshli bo'ladi? ... Agar bizda ushbu muammolarni hal qiladigan tizimli yondashuv bo'lmasa, biz tiklana olmaymiz. Yuqoridan pastga tushirilgan qarorlar ish bermaydi. Bizga fermer va inson huquqlari bo'yicha markazlashtirilgan jarayonlar kerak".

Bahoiy tamoyillaridan ilhomlangan Ugandadagi "Kimanya Ngeyo" fan va ta'lim Jamg'armasi tashkilotidan Kalenga Masaidio, - qishloq jamoalariga qishloq xo'jaligi tizimlari to'g'risidagi bilimlarni yaratishda ishtirok etish imkoniyatini berishning muhimligini tushuntirdi.

"Asosiy vazifa - bu odamlar va qishloq jamoalari a'zolariga o'zlarining ijtimoiy, iqtisodiy va intellektual rivojlanishiga javobgarlikni o'z zimmalariga olishlari uchun imkoniyat berishdir, - deydi janob Masaidio. - Ushbu muammolarning yechimi har doim tashqi tomondan keladi deb o'ylashning o'rniga ... rivojlanish to'g'ridan-to'g'ri qishloq jamoalarining ichidan boshlanishi kerak".

agricultural policies drivers migration bic brussels 04

Fotosurat hozirgi global sog'liqni saqlash inqirozidan oldin olingan. Afrikadagi Bahoiy printsiplari bilan ilhomlangan bir qancha tashkilotlar qishloq jamoalariga qishloq xo'jaligi tizimlari to'g'risida bilim to'plashda qatnashish uchun tashabbus ko'rsatmoqdalar. "Ijtimoiy taraqqiyotni ilgari surish sa'y-harakatlari ham fanga, ham diniy tushunchaga asoslanganda, hech qachon paydo bo'lmagan imkoniyatlar topiladi", - deydi Reychel Bayani.

Ushbu munozaralar haqida mulohaza qilib, Bayani xonim dedi: “Pandemiya xalqaro dunyo tartibotida jiddiy nuqsonlarni yuzaga chiqardi va har qanday muammoni samarali hal qilishda birdamlikning zarurligini ko'rsatdi. Bunday doiradagi uchrashuvning bo’lib o’tishi, mintaqalararo siyosatchi va jamoat faollarining birgalikda, insoniyat birligini chuqur anglagan holda fikr yurita olishining mumkinligining o’zi, xalqaro hamjamiyatni tashvishga solayotgan muammoni hal qilishdagi muhim qadam bo'ldi".

"Ijtimoiy taraqqiyotni ilgari surish sa'y-harakatlari ham fanga, ham diniy tushunchaga asoslanganda, hech qachon paydo bo'lmagan imkoniyatlar topiladi".

Manba - news.bahai.org

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/u82801/public_html/old.bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных