Universitet talabalari ijtimoiy o‘zgarishlarni muhokama qilmoqdalar

university students engage in conversations on social change 00

Dunyo yoshlari global farovonlikni o‘rganuvchi tadqiqot Instituti tomonidan o‘tkaziladigan uchrashuvlarda ijtimoiy taraqqiyot va pandemiya masalalarini o‘rganmoqdalar.

UMUMJAHON BAHOIY MARKAZI – Hozirgi noaniqlik kuchaygan bir vaqtda yoshlar, dunyo qay yo‘nalishda borayotganligi va unda o‘zlarning tutgan o‘rni to‘g‘risidagi ko‘plab savollar bilan to‘qnashmoqda. Universitet talabalariga ushbu muammolarni tushunishda yordam berish uchun, Global Farovonlik Tadqiqoti Instituti (ISGP) ular uchun mazmunli muhokamalar atrofida birlashishlari mumkin bo‘lgan muloqot maydonini yaratmoqda.

 Kanadalik ishtirokchi shunday deydi: “Birlik va adolat kabi ma'naviy tushunchalar orqali bizning munozaralarimiz hozirgi vaziyatni anglashimiz va yangi istiqbollarni ko‘rishimizga yordam beradi”.

Asosan, onlayn tarzda o‘tkaziladigan ushbu uchrashuvlar, ISGP tomonidan taqdim etilgan to‘rt yillik seminar dasturiga qo‘shimcha bo‘lib, seminarlarda ilgari o‘rganilgan tushunchalar va g‘oyalarni, hamda ushbu paytda o‘z jamoalariga xizmat faoliyatidagi urinishlarini pandemiya nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini yaratadi.

"Hozirgi sharoitni tahlil qilishimizga aniqlik kiritgan tushunchalardan biri, Bahoiy Ta'limotidan olingan bo‘lib, unga ko‘ra, qachonki insoniyat o‘z birligini tan olsa va yangi ijtimoiy tuzilmalarga shakl bera boshlasa, o‘shanda kollektiv barkamollika erishadi deyiladi. Yetuklikka etishishning bunday harakati dezintegratsiya va integrasiya jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi. Ammo, agar biz ro‘y berayotgan hamma narsadalarda dezintegratsiyani ko‘rsak, unda bizning tasavvurimizdagi manzara to‘liq bo‘lmaydi va umidimizni yo‘qotamiz. Ushbu muhokamalar orqali biz qanchalik noma'lum bo‘lsada, taraqqiyotni ko‘rishni o‘rganamiz va qanday qilib o‘z jamiyatimizga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkinligi haqida o‘ylaymiz, - deydi Fransiyalik ishtirokchi.

university students engage in conversations on social change 01

Janubiy Afrika yoshlari ISGP uchrashuvida qatnashmoqda Ishtirokchilar va ularning tengdoshlari qaysi mamlakatda yashamasinlar, sog‘liqni saqlash sohasidagi inqiroz ular uchun shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini yanada aniqroq ko‘rsatmoqda.

Fransiyalik ishtirokchilardan biri shunday deydi: «Ko‘pchilik kishilar yaxshi fuqaro bo‘lish nima ekanligini va «ijtimoiy shartnoma» g‘oyasini qayta ko‘rib chiqmoqdalar. Boshqa odamlarga zarar etkazmaslikning o‘zigina etarli emas. Bizning birligimiz muhimligini tan olish va uni hayotga tadbiq etish ko‘proq narsani o‘z ichiga oladi".

"Sog‘liqni saqlash sohasidagi inqiroz jamiyatimizda mavjud bo‘lgan tengsizlikni yanada oshkor qildi va atrofimizdagilar oldidagi mas'uliyatimizni yanada aniqroq qildi", - deydi ishtirokchilardan biri.

Rossiyalik talaba: "Insoniyatning organik birligi, inson qalbining olijanobligi va insonning ikki tomonlama axloqiy maqsadi, ya'ni o‘z tug‘ma qobiliyatlarini rivojlantirishi va jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shishi haqida yangi tushunchalar zarur", - deya e'tirof etadi.
Bunday munozaralar ishtirokchilarni fan va din o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurroq o‘rganishga, xususan, fan va dinning tobora rivojlanayotgan bilim va amaliyot tizimlari sifatida, bid'at-xurofotlarni yo‘qotish va insoniyat taraqqiyotiga ko‘maklashishda birgalikda harakat qilishi mumkinligini o‘rganishga undaydi.

university students engage in conversations on social change 05

ISGP uchrashuvida Braziliya universiteti talabalari.

Braziliyadan bo‘lgan ishtirokchi: «Virus haqida ko‘plab noto‘g‘ri ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Agar biz dunyoni o‘rganish vositasi sifatida ilmdan foydalansak, biz haqiqat to‘g‘risida xulosa chiqarish usullari va vositalarini tushunamiz. Din bizga pandemiya paytida yanada kuchaygan iqtisodiy tengsizlik kabi masalalarda adolat, hamda insoniyatning o‘zaro bog‘liqligi kabi ma'naviy tamoyillarni qanday qo‘llash mumkinligini tushunishga yordam beradi".

Markaziy Afrika Respublikasidan bo‘lgan koordinator, ishtirokchilarning o‘z jamoalariga sog‘liqni saqlash inqirozi to‘g‘risida aniq ma'lumot berish bo‘yicha harakatlarini ta'riflaydi.
"Pandemiya echimlarini topish - ilm-fan va din tomonidan boshqariladigan birgalikdagi harakatlarni talab qiladi. Biz ilm-fanga tayanishni o‘rganayapmiz - butun dunyo olimlari pandemiya haqida nima deyishlaridan xabardor bo‘lib, yangi ma'lumotni tarozi pallasiga tortib ko‘rish uchun bir-birimiz bilan maslahatlashamiz. Bundan maqsad, oilamiz va qo‘shnilarimizga yordam berish, odamlarning aqlini xiralashtirib, ularning fikrini chalkashtirib, qo‘rquv, ilojsizlik va soxta fikr tug‘diradigan yolg‘on xabarlarni aniqlashdir. Shu bilan birga, biz Bahoiy Ta'limotida o‘rganiladigan ma'naviy tushunchalarni, xususan, butun insoniyat bitta organizm ekanligini va bir millatga ta'sir etadigan har qanday narsa boshqa millatga ham ta'sir qilishini anglashimizga asoslanadi”.university students engage in conversations on social change 06

Iordaniyalik universitet talabalari ISGP uchrashuvida

Uchrashuv qatnashchilari hozirgi sog‘liqni saqlash inqirozini muhokama qilish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish paytida ehtiyotkorlik va donolik zarurligini ta'kidladilar. "Internetda pandemiya haqida gap ketmoqda, bu tabiatan ilg‘or bo‘lib ko‘rinadi va jamiyatni o‘zgartirishga qiziquvchi yoshlarni jalb qiladi", - deydi hindistonlik ishtirokchi. “Ammo, ba'zi munozaralar asosan, siyosiy ta'sirga ega bo‘lib, ular tezda bo‘linishga olib keladigan qizg‘in bahslarga aylanishi mumkin".
Hindistonlik yana bir ishtirokchi shunday dedi: "Atrofimizdagi ijtimoiy voqe'likni ifoda etish uslubida, umid va imkoniyat tilini kritik tahlil tili bilan birlashtirishimiz pandemiya davrida yanada chuqurroq muhim ahamiyat kasb etdi".

Hindistonlik yana bir ishtirokchi shunday dedi: "Atrofimizdagi ijtimoiy voqe'likni ifoda etish uslubida, umid va imkoniyat tilini kritik tahlil tili bilan birlashtirishimiz pandemiya davrida yanada chuqurroq muhim ahamiyat kasb etdi".

Universitet talabalari ushbu uchrashuvlar davomida muhokama qilingan tushunchalar va g‘oyalar ustida fikr yuritar ekanlar, dinning jamiyatdagi o‘rni, bolalar va yoshlarning intellektual-axloqiy tarbiyasi, shuningdek, haqiqiy farovonlikning moddiy va ma'naviy jihatlari haqida boshqa talabalar bilan mazmunli suhbatlar o‘tkazish uchun imkonni ko‘rishni o‘rganadilar.

Turli xil ijtimoiy maydonlardagi diskurslarda qatnashishning qadrini anglash orqali ishtirokchilar, shuningdek, jamoa darajasida ijtimoiy o‘zgarishlarga qanday ta'sir ko‘rsatishlari mumkinligini ham ko‘rishadi.

"Bizning har birimiz jamiyatni qanday o‘zgartirishimiz mumkinligi haqida o‘ylashimiz juda qiyin", - deydi rossiyalik ishtirokchi. "Biroq, biz allaqachon qo‘shnichilik yoki qishloq miqyosida va o‘z kasbi doirasida birgalikda harakat qiladigan odamlarning sa'y-harakatlari bilan sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. Biz ushbu bosqichlardagi xizmat va hamkorlik to‘g‘risida bilib olishimiz mumkin".

«Avvalgidek, muammo shundaki, shaharlardagi ko‘plab kvartallar, kichik bir shaharcha kabi katta. Ammo pandemiya bizning makonimizni toraytirdi va qo‘shnilarimizga boshqa tomondan qarashga majbur qildi. Ko‘p qavatli binolarda yashovchi odamlar bir-birlariga yordam berib, bizga kichik hajmdagi jamiyat hayoti qanday ko‘rinishi va turli sharoitlarda qanday qilib birlik yaratish mumkinligi to‘g‘risida tasavvur berdi ".university students engage in conversations on social change 04

Kanada va dunyoning boshqa qismlarida ISGP seminarlarini o‘rganishda davom etish uchun yoshlarning doimiy uchrashuvlari o‘tib kelmoqda.

Ushbu uchrashuvlardagi muhokamalar ishtirokchilarga ijtimoiy dezintegratsiya kuchlarining tushkun ta'siriga qarshi turishlarida yordam beradi va ularga qanday qilib o‘z harakatlarini insoniyatning porloq kelajagi sari intilayotgan integrasiya kuchlari bilan uyg‘unlashtirish mumkinligiga umid bag‘ishlaydi.
“Hozirgi payt, shunchaki bekor o‘tirish va "normal holat"ga qaytishni kutish uchun mo‘ljallanmagan", - deydi hindistonlik ishtirokchi, bu bilan boshqa suhbatdoshlarlarning his-tuyg‘ularini takrorlab. "Agar biz ushbu vaqt ichida konstruktiv hissa qo‘shadigan bo‘lsak, hali ko‘p ishlar qilishimiz kerak".

Manba - news.bahai.org

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных