Hazrati Abdul-Baho maqbarasi: markaziy maydonda devorlarni o‘rnatish borasidagi ilk qadamlar

1613408117 shrine abdulbaha first steps walls central plaza 00

G‘arbdan olingan ushbu havo fotosuratida — qurilish maydonchasi manzarasi, ikkita bog‘ ayvonchasi uchun tayyor beton poydevor Maqbaraning konturlarini aks ettiradi. Markaziy maydon polini yaratish uchun quyilgan  qolip ko‘rinib turibdi, u erga beton quyilishi mo‘ljallangan edi.

Bog‘dagi ayvonlar yo‘laklarida ishlash davomida devorlarga maydonlarni shakllantirish uchun  foydalaniladigan maxsus qolipning yig‘ilishi.

UMUMJAHON  BAHOIY  MARKAZI – Hazrati Abdul-Baho Maqbarasining markaziy maydoni uchun pol quyish tugash arafasida ekan, atrofdagi devorlarning yanada murakkab geometrik elementlarini o‘rnatishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ushbu jarayonni, yaqinda saytda e'lon qilingan quyidagi fotosuratlarda ham kuzatish mumkin. 

1613408121 shrine abdulbaha first steps walls central plaza 01

Devorlarni shakllantiradigan qolip uchun panellar ob'ektga etkazilgan. 

1613408126 shrine abdulbaha first steps walls central plaza 02

Avval, qolip yig‘ilib, u markaziy maydon devorlari uchun shakl bo‘lib xizmat qiladi. 

1613408131 shrine abdulbaha first steps walls central plaza 03

Po‘lat panellar orasidagi tirqish quyma devor segmentini hosil qilish uchun beton bilan to‘ldiriladi.

1613408150 shrine abdulbaha first steps walls central plaza 04

Ushbu shakl markaziy maydonni o‘rab turgan o‘nta bir xil devor segmentlarini yaratish uchun ishlatiladi. Geometrik shaklning chap tomonidan ko‘rinishi.

1613408155 shrine abdulbaha first steps walls central plaza 05

Yuqorida: markaziy maydondan janub tomon ko‘rinishi. Quyida: janubiy maydonni o‘rab turgan bukilgan portal devorini sekin asta shaklga ega bo‘lishi.

1613408160 shrine abdulbaha first steps walls central plaza 06

Janubiy maydonni o‘rab turgan egilgan janubiy-sharqiy portal devorining yana bir ko‘rinishi.

1613408057 shrine abdulbaha first steps walls central plaza 07

Sharqiy bog‘ ayvonining shimoliy uchi bo‘ylab egri portal devor uchun qoliplar ham o‘rnatilmoqda.

1613408068 shrine abdulbaha first steps walls central plaza 08

Bog‘ning ayvonlari ostida yashirinadigan markaziy maydon yonida ikkita xo‘jalik xonalari qurilmoqda.

1613408098 shrine abdulbaha first steps walls central plaza 09

Markaziy maydonchani tayyorlashning so‘nggi bosqichlarida tuproq bilan konteynerlar orasidagi bog‘larga sug‘orish tizimi uchun qoliplar yotqizilmoqda. 

1613408104 shrine abdulbaha first steps walls central plaza 10

Asfalt yotqizilgan yo‘laklarda ushbu bog‘larning geometrik naqshi namoyon bo‘layotganini ko‘rish mumkin.

1613408108 shrine abdulbaha first steps walls central plaza 11

Maqbarani mehmonlar aylanib yurib ziyorat qilishlari mumkin bo‘lishi uchun aylanma yo‘l qurilmoqda.

1613408114 shrine abdulbaha first steps walls central plaza 12

Maydonning g‘arbdan ko‘rinishi (chapda). Oldingi plandagi devor bog‘ ayvonlari nishabi bilan aylanma yo‘lni kesib o‘tadigan chizig‘ni belgilab turishi loyihadan ko‘rinib turibdi. (o‘ngda).

Manba:  https://news.bahai.org/story/1489/

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/u82801/public_html/old.bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных