Universitet COVIDning birinchi to‘lqinidan olgan saboqlarni qo‘llayapti

university lessons learned covid first wave 00

Boliviyadagi Universitet o‘quv yili davomida xodimlar va talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun COVID-19 ning birinchi to‘lqini tajribasidan foydalanmoqda.

SANTA- KRUS, Boliviya — Hozirda barcha ta'lim muassasalari duch kelayotgan qiyinchiliklarga qaramay, Boliviyadagi Nur universiteti COVID-19 ning birinchi to‘lqini bilan ishlash tajribasidan olingan saboqlarga asoslanib, mavjud sharoitlarni yengishga va tezda moslashishga intilyapti.

Ushbu muassasa Bahoiy g‘oyalaridan foydalangan holda, hozirgi sharoitda o‘quv jarayonining ikki jihati muhimligini aniqladi. Birinchidan, talabalar o‘z holiga tashlab qo‘yilmay, bu jarayonda faol ishtirok etishi. Ikkinchidan, qaysi texnologiyalar hozirgi sharoitga mos kelishini juda ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak. 

“Barcha xodimlar alohida e'tibor ko‘rsatishadi – masalan, talabalarning ehtiyojlarini aniqlash uchun vaqt-vaqti bilan ularga qo‘ng‘iroq qilib turishadi, shuningdek, onlayn sessiyalarda ulana olmaydiganlar uchun har bir onlayn darslarni yozib olishadi”, - deydi universitet rektori Uil'yam Shoai.

university lessons learned covid first wave 01

38 yil oldin Santa-Krus shahrida tashkil etilgan Nur universiteti Boliviyaning muhim ta'lim markaziga aylandi. Universitet san'at va ilm-fan sohasida bir qator dasturlarni taklif etadi va axloqiy rivojlanishning barcha ta'lim sohalarining muhim yo‘nalishi sifatida ahamiyatini ta'kidlaydi.

Talabalarning ehtiyojlarini qondirish, ular bilan hayotiy sharoitlarini muhokama qilish va agar kerak bo‘lsa, uy-joy topishda yordam berish uchun maxsus qumita tuzildi. Shuningdek, u ularga professional tibbiy yordam, shu jumladan psixologik yordam olishda ko‘maklashadi.

Texnologiyalardan ongli ravishda foydalanish

Onlayn ta'limga o‘tish bilan universitet o‘z ishi uchun texnologiyalarni sinchkovlik bilan tanlay boshladi. Janob Shoai shunday deydi: “Biz eslaymizki, har qanday texnologiyani joriy qilish o‘quv jarayoni va odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga ta'sir qiladi, chunki har bir texnologiya o‘zaro ta'sirning muayyan turlarini qo‘llab-quvvatlaydi va uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin”.

Mart oyida boshlangan birinchi semestrda ba'zi o‘qituvchilar talabalarga yozilgan ma'ruzalarni taklif qildilar va ular bilan guruh chatlari orqali muloqot qildilar. Bu darslarga erishishga yengillik yaratilgan bo‘lsa-da, talabalar o‘rtasida birdamlik tuyg‘usi yo‘qotildi.

Guruhli video-munozarasi orqali o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda qatnashgan talabalarga nisbatan ba'zi talabalar  jarayondan chiqib ketishdi.

university lessons learned covid first wave 04

Onlayn ta'limga o‘tish bilan universitet o‘z ishi uchun texnologiyalarni sinchkovlik bilan tanlay boshladi.

Nur strategiyasiga ko‘ra, ta'lim — nafaqat ma'lumot va bilimlarni uzatishdan iboratdir. “Ta'lim jarayoni ko‘p jihatdan talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga asoslanadi. Bu, shunchaki kurs mazmunini tinglashdan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga egadir. Tanholikda bilim oladiganlar bir xil predmetni o‘rganishlari mumkin, ammo jamiyatga yanada samarali hissa qo‘shish uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalar, qarashlar, axloqiy va ma'naviy fazilatlar nuqtai nazaridan, har xil odamlar bilan ishlash va o‘qish afzalroqdir. Shunday qilib, moslashuvning muhim jihati xodimlar va talabalar o‘rtasidagi eng faol o‘zaro aloqani saqlash edi”.

Ta'lim to‘g‘risida kengaytirilgan tushuncha

Janob Shoai, pandemiya ko‘plab muammolarni keltirib chiqargan bo‘lsa-da, universitet bu davrda ta'lim berish metodologiyasini takomillashtirish uchun yangi imkoniyatlarni ko‘rayotganini tushuntiradi. “Biz nafaqat avvalgi dinamika va modellarni takrorlashga harakat qilyapmiz, - deb ta'kidlaydi u — balki, biz ilgari xayolimizga keltirmagan usullar bilan ta'lim tajribasini faol ravishda takomillashtirmoqdamiz”.

O‘qituvchilar va talabalar ma'lum texnologiyalar yordamida o‘zaro munosabatlarning yangi usullariga ochiq bo‘lganligi sababli, ta'lim olish endi belgilangan soatlar va belgilangan joylar bilan cheklanmaydi. Masalan, talabalar savollar tug‘ilganda guruh chatlarida muloqot qilishadi; o‘qituvchilar va boshqa talabalar qo‘shimcha materiallar bilan ta'minlash orqali javob berishadi. Bizning fikrlashimiz shaxsiy uchrashuvlar atrofida qurilgan edi, biroq endi bu o‘zgarishlar yanada tabiiy  bo‘lib qoldi. Hozirgi kunda o‘qituvchi nafaqat  sinf oldida turib bilim beradigan kishi emas, balki kurator va metodist vazifasini bajaruvchi shaxsdir.

O‘quv jarayonidagi ba'zi narsalarni o‘zgartirib, uni avvalgiga qaraganda faolroq va qiziqarliroq  bo‘lishini ko‘rib chiqdik.

university lessons learned covid first wave 05

Nur strategiyasiga ko‘ra, ta'lim — bu, nafaqat ma'lumot va bilimlarni uzatishdan iborat, balkim bu undan—da ko‘proq narsadir. “O‘quv jarayoni ko‘p jihatdan talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga asoslangan bo‘lib, bu nafaqat dars mazmunini tinglashdan iboratdir". 

Talabalarning yangi strategiyasi

Talabalardan biri Romina ismli qiz yangi o‘quv tartibiga o‘tish to‘g‘risida mulohaza yuritib, shunday deydi: “Garchi dastlab virtual sinflar bilan bog‘liq vaziyat qiyin bo‘lgan bo‘lsa ham, bizni universitetning qat'iyatliligi va uzluksiz ta'limga bo‘lgan g‘amxo‘rligi ruhlantirardi.

Bizni barcha kerakli vositalar bilan ta'minladilar”.

Nur universiteti yondashuvining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u jamoat ishlarini hayotning muhim elementi sifatida targ‘ib qiladi.

“Biz Nur universitetida rivojlantiradigan xizmat ruhi, - deya davom etadi Romina, - inqiroz  paytida  passiv bo‘lmaganligimizni anglatadi. Aksincha, biz do‘stlarimizga va boshqalarga, ularning dardlarini yengillashtirish uchun yordamga boryapmiz”.

university lessons learned covid first wave 06

Bu yil Nur universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlar uni nafaqat bilim oladigan joy, balki, o‘zlarini jamiyatni yaxshilash uchun birgalikda harakat qiladigan odamlar jamoasi sifatida o‘z vazifalarini bajarishga imkon yaratadi.

Oxirgi kurs talabasi Sassan shunday deydi: “Siz bu yil universitetda yangi ruhiyat paydo bo‘lganligini his qilishingiz mumkin. Buni do‘stlar suhbatlarida va o‘z vatandoshlariga yanada qat'iyatlik bilan xizmat qilishni xohlashlarida ko‘rishingiz mumkin.

“Pandemiya Nur universiteti talabalarining shaxsiyatini mustahkamladi, chunki o‘zlarining bilimlari orqali ular o‘z jamoalari ehtiyojlariga e'tiborli bo‘lishni va ushbu og‘ir damlarda bir-birlariga yordam berishni o‘rganayaptilar”.

38 yil oldin Santa-Krus shahrida tashkil etilgan Nur universiteti Boliviyaning muhim ta'lim markaziga aylandi. Universitet san'at va ilm-fan sohasida bir qator dasturlarni taklif etadi va ma'naviy rivojlanishning barcha ta'lim sohalarining muhim yo‘nalishi sifatida ahamiyatini ta'kidlaydi.

Manba - news.bahai.org

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/u82801/public_html/old.bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных