Diniy bag’rikenglikning siyosiy va huquqiy jihatlari bo’yicha hududiy konferensiya

photo5220186643099661313

27 aprel 2021, Toshkent, O’zbekiston – O’zbekiston Diniy ishlar bo’yicha qo’mita tomonidan Xalqaro Islom akademiyasida Adliya vazirligi, O’zbekiston Prezidenti qoshidagi Strategik va xalqaro tadqiqot instituti, diniy ishlar bo’yicha qo’mita raisi o’rinbosari, Inson Huquqlari Markazi, Xalqaro Islom Akademiyasi rektori, O’zbekiston Respublikasi diniy konfessiyalar, shu qatorida O’zbekiston Bahoiy Jamoasi vakillari, shuningdek boshqa rasmiy shaxslar va mehmonlar ishtirokida  “Markaziy Osiyoda diniy e’tiqod erkinligi” mavzusida konferensiya o’tkazildi.

 

Inson huquqlari va erkinligi, (shuningdek diniy e’tiqodga ega fuqarolar) sohasida O’zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan islohotlar mamlakatimizda ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lmoqda hamda O’zbekistonni AQSh Davlat Departamentining diniy erkinlikni ta’minlash sohasi bo’yicha  “yuqori havf soluvchi(chiqaruvchi) mamlakatlar” shuningdek “maxsus kuzatuvda turuvchi mamlakatlar” ro’yxatlaridan chiqarildi.

Mazkaziy Osiyo konferensiyasi do’stlik va samimiylik ruhida onlayn shaklida o’tkazildi. O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iston va Tojikistondagi diniy soha mutaxasislari diniy yo’nalishdagi yutuqlar va ijobiy tajribalar bilan bo’lishishdi.Yaqin vaqtlarda kuchga kiruvchi “Diniy erkinlik va diniy tashkilotlar” to’g’risidagi qonun ko’rib chiqildi. Shuningdek konferensiyada,  demokratik jamiyatni qurishda markaziy tayanchi - diniy bag’rikenglik  masalasi muhokama qilindi.

Diniy birlashmalar vakillari - mahalliy, xalqaro mutaxassislar va din vakillarining diniy erkinlikni ta’minlash sohasida ilg’or tajribalarni muhokama qilish uchun  hududiy markaziy osiyo muzokara maydonini tashkil etishni (Diniy birlashmalar vakillari) ta’kidlashdi.

Mazkur sohada mutaxassislar va diniy vakillar bir-birlaridan o’rganib va o’z ijobiy tajribalarini bo’lishish imkonini beruvchi markaziy osiyo maydoni tashkil etilgani uchun O’zbekiston Bahoiylari Jamoatchilik bilan ishlash ofisi (kotibiyati)

tashakkur isxor etdi. Rasmiy uchrashuvdan tashqari, u barcha diniy konfessiyalar birlashib va umumiy maqsad uchun xizmat qilish bilan bir-birimizni yaqindan bilish va bag’rikenglikni va o’zaro birdamlikni mustahkamlash imkonini beruvchi  ijtimoiy loyiha tashabbusini taklif etdi. Mazkur loyihaning tashkilotchisi sifatida ham rasmiy tashkilotlar, ham diniy birlashmalar bo’lishlari mumkin.  Konferensiya tashkilotchilari barcha ishtirokchilarning takliflarini qabul qilishdi va yaqin kunlarda (vaqtda) ko’rib chiqishni ta’kidlashdi.

O’zbekiston Bahoiy Jamoasining Jamoatchilik bilan ishlash ofisi (kotibiyati)

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных