O‘zbekiston bahoiy jamoasining ta'ziya bildirishi

photo 2021 08 15 11 47 33

O‘zbekiston Bahoiy jamoasi, O‘zbekiston Musulmonlar Idorasi Raisi,  taniqli din arbobi,  Muftiy  Usmonxon Alimovning bevaqt vafotlari tufayli chuqur qayg‘uda. Ushbu og‘ir judolik munosabati bilan mamlakatimizning barcha fuqarolariga chin yurakdan hamdardligimizni bildiramiz. Mamlakatda va xalqaro maydonda tinchlik, bag‘rikenglik va dinlararo totuvlik g‘oyalarini targ‘ib etishda erishgan yutuqlariga baho berish qiyin. Aminmizki, xushfe'lligi, ajoyib ma'naviyati va saxiy qalbi u kishini tanigan har bir shaxsning yodida uzoq vaqt qoladi.
 
 Ishonchingiz komil bo‘lsinki, u kishining olijanob ruhlari Ollohning Olamlari bo‘ylab abadiy safarlarida rivoj topishi uchun duo va ibodatdamiz. Biz, shuningdek, u kishining hamkasblari va safdoshlari, yaqinlari va qarindoshlariga bu og‘ir judolik  vaqtda,  Ollohning rahmati va madadi bilan, sabr va osoyishtalik topishlarini so‘rab, duo qilamiz.
 
O‘zbekiston Bahoiy jamoasi

 

 
Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных