Pandemiya jurnalistikaning roli to‘g‘risida yangi tushunchalarni ochdi.

university lessons learned covid first wave 00

Amman, Iordaniya – Joriy yil boshida global pandemiya butun dunyo bo‘ylab tarqalgan bir paytda, yangiliklar dunyosida g‘ayrioddiy narsa yuz berdi – ijtimoiy transformasiyalar va birdamlik harakatlari to‘g‘risidagi chuqur xabarlar butun dunyo bo‘ylab paydo bo‘la boshladi. Endi kamroq ko‘rinayotgan bo‘lsa-da, yangiliklar agentligi shunga o‘xshash maqolalarni nashr etishda davom etmoqda, ularning aksariyati inqirozgacha ahamiyatsiz deb hisoblanib kelgan edi.

 Media sohasidagi mutaxassislarning ushbu sohadagi yangi yondashuvlarga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borishiga javoban, bir necha mamlakatlardagi bahoiy jamoalari, jurnalistlar va boshqalar bilan OAV qanday qilib ijtimoiy hamohanglikka hissa qo‘shishi va insoniyat oldida turgan muammolar to‘g‘risida mazmunli suhbatlar olib borishi mumkinligini o‘rganmoqdalar.

pandemic sparks critical reflection journalism 01

Surat hozirgi sog‘liqni saqlash inqirozidan oldin olingan. Iordaniyadagi bahoiylar jurnalistlar bilan ommaviy axborot vositalari qanday qilib jamiyat uchun umid manbai bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida davra suhbatini o‘tkazmoqdalar.

Iordaniya Bahoiylari jurnalistlar bilan ommaviy axborot vositalarining qanday qilib jamiyat uchun umid manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi to‘g‘risida davra suhbatlarini o‘tkazmoqdalar. “Bahoiy Ta'limoti ommaviy axborot vositalariga turli odamlarning tajribalarini aks ettiruvchi, dunyo ko‘zgusiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lgan hayotiy muhim element sifatida qaraydi”, - deydi mamlakat Bahoiy jamoasining tashqi aloqalar idorasi xodimi Taxani Ruxi. 

“Yangiliklar so‘nggi oylar ichidagi muayyan lahzalarda olam vaziyatini, nafaqat shov-shuvli xabarlar, balki har bir jamoada mavjud bo‘lgan konstruktiv jarayonlar nuqtai nazaridan ancha to‘liqroq aks ettira boshladi. Ommaviy axborot vositalarining umid uyg‘otishga qodirligi, bu davr mobaynida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ldi. Odamlarning olijanobligini va o‘z vatandoshlari ehtiyojlarini o‘z ehtiyojlaridan ustun qo‘ya olishini namoyish etadigan katta va kichik ijobiy o‘zgarishlarga tegishli e'tibor berildi”.

pandemic sparks critical reflection journalism 02

Iordaniyalik Bahoiy jamoasidan bo‘lgan jurnalist bilan suhbat.

“Al-G‘ad” gazetasidan bo‘lgan davra suhbati ishtirokchisi G‘ada al-Shayx quyidagicha xabar beradi: “Ushbu munozara maydonlari, bizga taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan muhim tushunchalarning ishimizga qanday ta'sir etishini chuqurroq tushunishga imkon yaratadi. Ijtimoiy va iqtisodiy mushtaraklik masalalari va OAV odamlarga ustuvor yo‘nalishlarni anglashda qanday yordam berishi mumkinligi haqida birgalikda maslahatlashganimiz sayin, jurnalist sifatida o‘z missiyamizni anglashdagi fikrimiz o‘sadi”.

Iordaniyalik davra suhbati ishtirokchilari tijorat manfaatlari ta'sirida shakllangan tarkibiy omillarning media sohasiga ta'sirini ham ko‘rib chiqdilar. “Media xodimlari o‘zlarini raqobatdosh deb emas, balki hamkor sifatida ko‘rishlari kerak. Biz qanday ommaviy axborot vositalarini yaratishimizdan qat'iy nazar, biz haqiqatni izlaymiz”, - deydi muhokamalardan birida Sharqiy va G‘arbiy muloqot va barqaror rivojlanish markazi direktori Mahmud Xishme.

pandemic sparks critical reflection journalism 05

Surat hozirgi sog‘liqni saqlash inqirozidan oldin olingan. Avstraliyaning Bahoiy jamoasi tomonidan “First Draft” va “Media o‘tish Markazi” (Centre for Media Transition), bilan hamkorlikda o‘tkazilgan bir qator tartibli munozaralar OAV amaliyotchilarini Avstraliya media landshaftini birgalikda qayta ko‘rib chiqish uchun birlashtiradi.

Mamlakat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy birdamlikni targ‘ib qilishni o‘rganish uchun dunyoning boshqa chetida Avstraliya Bahoiy jamoasi ham jurnalistlar va boshqa OAV vakillarini birlashtirdilar. Bunday tadbirlardan biri Avstraliyaning media landshaftini qayta tasavvur qilish uchun media mutaxassislarini birlashtiruvchi First Draft va Media o‘tish Markazi (Centre for Media Transition) bilan hamkorlikda bir qator tartibli muhokamalarni o‘z ichiga oladi. 

“Bahoiy konsul'tasiyasi prinsiplaridan foydalangan holda, biz ilhomlantiruvchi va dinamik muhitda turli xil tajribalarni hurmat bilan bo‘lishishga muvaffaq bo‘ldik”, - deydi Tashqi aloqalar bo‘limi xodimi Venera Xalessi. “Tez o‘zgaruvchan sharoitda, murakkab qarorlar vaqt ozligi bosimi ostida qabul qilinganda, OAV xodimlari bir qadam orqaga chekinib, duch kelingan vaziyatlarda yetakchi prinsiplar va qadriyatlarni qanday qo‘llash haqida o‘ylanish imkoniyatini qadrlashadi”. 

pandemic sparks critical reflection journalism 04

Mamlakat uchun juda muhim bo‘lgan ijtimoiy birdamlikni targ‘ib qilishni o‘rganishda Avstraliyalik Bahoiy jamoasi jurnalistlar va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillarini birlashtirdilar. 

Yig‘ilishlarning birida yangiliklar bo‘yicha ombudsmenlar va standartlar tahrilovchisi Tashkilotining ijrochi direktori Alan Sanderlend yig‘ilishlardan birida shunday dedi: “Hozirda ko‘plar, qanday qilib ommaviy axborot vositalari tomonidan tafovutlarni ta'kidlashdan ko‘ra, ko‘proq boshqa ishlarni bajarishlari, ya'ni bizlarni birlashitradigan narsalar haqida gapirishlari mumkinligi haqida so‘zlamoqdalar. Bu, an'anaviy ravishda mojarolarni topib ularni fosh etish modeli asosida qurilgan jurnalistika uchun juda qiyin vazifa. Konstruktiv bo‘lish yo‘llarini izlash bilan bir qatorda, qiyin savollarni berishdek jurnalistikaning asosiy talabini tan ola bilish, tadqiq etilishi kerak bo‘lgan chinakkam qiziq masaladir”.

Avstraliyadagi so‘nggi uchrashuv ishtirokchilari hozirgi sog‘liqni saqlash inqirozi har qachongiga qaraganda, ommaviy axborot vositalarining “insoniyat manfaati uchun” harakat qilishga mas'ulligini namoyish etganligini ta'kidladilar. Faktlarni uzatishda haqqoniy ma'lumot berishga ehtiyoj bo‘lgani kabi, ishtirokchilarning ta'kidlashicha, hamjihatlikni targ‘ib etguvchi qadriyatlarni ko‘rsatadigan hayotiy hikoyalarga zarurat bor. Pandemiya paytida bunga misol sifatida mamlakatdagi axborot agentliklari tomonidan, jamoatchilikning inqirozga nisbatan javobi va barqarorlikni ko‘rsatgani to‘g‘risida bergan xabarlarining kuchayishi kiradi.

pandemic sparks critical reflection journalism 07

Surat hozirgi sog‘liqni saqlash inqirozidan oldin olingan. Ispaniyadagi bahoiylar jurnalistlar va boshqa jamoat arboblari bilan inqirozga javoban parokandalik va (polyarizasiya) qutblanishni yengib o‘tish haqida suhbatlashmoqdalar.

Bu orada, Ispaniya Bahoiy jamoasi ham, jurnalistlar va boshqa jamoat arboblari bilan inqirozga javoban bo‘linish va polyarizasiyani yengib o‘tish haqidagi suhbatlarni o‘tkazib keldilar.

“Pandemiya boshlanishi bilan jamoatchilik ongiga yangi mavzular kirib keldi”, - deydi Bahoiylarning Tashqi aloqalar bo‘limi xodimi Serxio Garsia.

“OAV xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligiga, iqtisodiy modellarni barqaror va inklyuziv modellarga aylantirish zaruratiga va hayotning barcha sohalaridagi ko‘plab boshqa chuqur g‘oyalar to‘g‘risidagi munozaralarga e'tibor qaratdi”.

“Vaqt o‘tishi bilan ommaviy axborot vositalarining qadimgi modellari qayta paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, bu o‘zgarish ommaviy axborot vositalari qanday qilib insonning fikrlash ufqini ochishi va umumiy dunyoda umumiy kelajagimizni chuqur muhokama qilishga hissa qo‘shishi mumkinligini ko‘rsatdi. 

Ommaviy axborot vositalari jamiyatdagi turli unsurlararo munosabat ohangini o‘rnatishda o‘z hissasini qo‘shadi, hamda umumiy bo‘lgan muammolarni hal etishda yagona dunyo va yagona xalq bo‘lib birdamlikda mehnat qilishimiz zarurligi tushunchasini o‘stiradi.

Manba - news.bahai.org

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных