Bahoiy E'tiqodidan ilhomlanib, Sharq va G‘arbning kulolchilikda mushtarak bo‘lishi

pioneering pottery unity east west 00

Yuz yil oldin Angliyada asos solingan va insoniyat birligi haqidagi Bahoiy tamoyilidan ilhomlangan kulolchilik an'analari Sharq va G‘arbni birlashtirishga intildi.

LONDON. Bundan yuz yil burun, biri ingliz, ikkinchisi yapon bo‘lgan ikki kulol, Sharq va G‘arb san'ati va an'analarini birlashtirish maqsadida ijodiy tashabbusga kirishadilar.

 Bernard Lich 1887 yilda Gonkongda tug‘ilib, Yaponiyada va Singapurda voyaga yetadi. U yoshligidan Sharq va G‘arbning o‘zaro uchrashib, birlashishining tarafdori edi. Uning ijodida o‘z ifodasini topgan idealizm va insoniyatga bo‘lgan ehtirosli g‘amxo‘rlik, keyinchalik Bahoiy E'tiqodini qamraganida yanada mustahkamlandi va kengaydi. 

Lich va uning do‘sti Syodzi Hamada tomonidan Angliyaning Sent-Ivs shahrida tashkil etilgan “Leach Pottery” kompaniyasi, 1920 yilda tashkil topganidan buyon, dunyodagi eng taniqli va nufuzli hunarmandchilik ustaxonalaridan biriga aylandi. Hozirda ustaxonaning yuz yilligiga bag‘ishlangan qator maxsus ko‘rgazmalar Farnham shahridagi ijodiy san'at Universiteti huzuridagi hunarmandchilikni o‘rganish Markazida va Uaytchepel tarixiy galereyasida o‘tkazilmoqda. “Leach Pottery” ustaxonasida ham yubiley ijodiy tashabbuslar dasturi bilan nishonlamoqda.

“Lich uchun ko‘za – keng ma'noda nafaqat moddiy narsalarni, balki g‘oyalar, fikrlar va fazilatlarni saqlaydigan bir xazinadir”, - deydi hunarmandchilikni o‘rganish Markazi direktori, professor Saymon Olding.

“U qo‘lning, qalbning va idrokning birgalikda uyg‘un ishlashi kerakligi g‘oyasiga chuqur ishonar edi va ularni o‘zining shaxsiy ma'naviy va insonparvarlik haqidagi tushunchalari orqali ifoda etar edi”. 

pioneering pottery unity east west 02

Bernard Lich Fudzimadagi Marusan pechlarida yapon talabalariga dars o‘tkazmoqda. BHL / 12667 ijodiy san'at Universiteti hunarmandchilikni o‘rganish Markazidagi Bernard Lich arxividan.

Sharq va G‘arb sintezi

Lich Londonda chizmachilik va gravyuradan tahsil oladi va gravyurani o‘rgatish niyatida 1908 yilda Yaponiyaga qaytadi. Uning chiziqlarni chizishdagi yuqori mahoratini namoyish etguvchi dastlabki asarlaridan ba'zilari, Farnhamda namoyish etilgan bo‘lib, ko‘plari 1970 yillarda Lichning qo‘l ostida ishlagan bahoiy, marhum Alan Bellning kolleksiyasidan olingan. Hunarmandchilikni o‘rganish Markazi tomonidan yaqinda sotib olingan Bellga tegishli arxiv, ilgari hech qachon jamoat namoyishida bo‘lmagan ko‘plab namunalarni o‘z ichiga oladi.

“Ko‘rgazma uning ommaga noma'lum bo‘lgan talabalik davridagi eng dastlabki rasmlaridan boshlanadi va ularning ilk yapon gravyuralari bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi”, - deydi professor Olding. “Lich ushbu yapon davri davomida, o‘z o‘zini porterlar va landshaftli tasvirlar orqali birinchi marta belgilaydi. Yaponiya uning ongi va amaliyotidan chuqur joy olgan edi”.

pioneering pottery unity east west 06

Noma'lum usta yordamida Lich tomonidan yasagan dastlabki Raku ko‘zasi, Tokio, © Ijodkorlik san'ati Universiteti, hunarmandchilikni o‘rganish Markazi,   R.75.67.

Yaponiyada Lich mamlakatning keramika an'analaridan hayratda qoldi va o‘zini shu yo‘nalishdagi hunarmandchilikni o‘rganishga bag‘ishlab, Sharqiy va qadimiy ingliz uslublarini birlashtiradigan yondashuvni rivojlantira boshladi. Keyinchalik, 1920 yilda u, Hamada bilan birgalikda homiylik yordami orqali Sent-Ivsda kulolchilik ustaxonasini ochdi. Ammo, Kornuollda pechlarni isitish uchun o‘tin yo‘qligi va mahalliy loy va tabiiy sir materiallarining kamligi bu maydonning umidbaxshligini pasaytirdi.

Lich va Hamada ko‘plab sinovlarni va deyarli muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechirar ekan, o‘zlarining rassom-usta-kulol uchun yangi davrni ochayotganliklariga, hamda sodda naqsh va nafis ranglarning go‘zalligini, materiallarga haqiqat tushunchasini qaytarayotganliklariga ishonardilar. Sharq va G‘arbning sinteziga bo‘lgan ishonch, ular yondashuvining asosi bo‘ldi.

“O‘z asarlarini yaratishda Lich, Sharqiy Osiyo kulolchiligidan olingan ikonografiyani qo‘lladi”, -  deydi professor Olding. 

“Siz Buyuk Britaniya va Yaponiya o‘rtasidagi rasmiy va norasmiy o‘zaro munosabatlarni ko‘rishingiz mumkin”. O‘z ko‘zalari uchun sodda dekorativ motivlarini takomillashtirar ekan, Lich ularga yaproqlar, qushlar va baliqlarni kiritadi. 

pioneering pottery unity east west 04

Londondagi Uaytchepel badiiy galereyasida «Kai Althoff Goes with Bernard Leach» ko‘rgazmasida Bernard Lichning “Nilufar gullari orasida Sulaymon” nomli guldoni. Lester muzeylari tomonidan taqdim etilgan rasm © Bernard Leach Estate.

E'tiqod va amaliyot

Kulolning shaxsiy e'tiqodi, amerikalik rassom do‘sti Mark Tobi tomonidan Bahoiy E'tiqodini o‘zi uchun kashf etganida yanada mustahkamlanadi, Lich uni 1940 yilda qabul etadi. Hazrati Bahoulloh Ta'limotidagi uning qalbida aks etgan tamoyillardan biri - “...rassomlar va hunarmandlarning asl qadr-qimmatini tan olish kerak, zero ular insoniyat ishlarini ilgari surarlar”. (Hazrati Bahoulloh Bitiklaridan)

Lich nafis hunarmandchilik asarlaridan foydalanadigan odamlar jamiyat ravnaqiga katta hissa qo‘shishi mumkinligiga har doim ishongan. Ammo, vaqt o‘tishi bilan u, insoniyat oldida turgan jiddiy muammolarni hal qilishning yagona yo‘li, birdamlikning yanada yuksakroq darajasiga erishish ekanligini anglaydi.

“Men Hazrati Bahoulloh Ilohiy Mazhar ekanligiga va Ul Zotning ishi insoniyat jamiyati uchun ruhiy poydevor yaratish bo‘lganiga ishonaman” – deya yozgan edi u.

1954 yil Muqaddas Zaminga hajga borganida, uning ma'naviy idroki yanada teranlashdi. Muqaddas Maqbaralarda ibodat qilish tajribasi unga Sharq va G‘arb o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlash uchun sa'y-harakatlarini faollashtirish  kerak degan tuyg‘uni yanada kuchaytirdi.

“San'at din bilan mushtarak, chunki unda ham biz mukammallikka intilamiz va bu haqiqat Sharqda yaxshi ma'lum”, - deb yozgan edi Lich, o‘zining uzoq davom etgan umri oxirida. “Qarama-qarshiliklar biz intellektni intuisiyadan, aqlni qalbdan, odamni Ollohdan ajratadigan joydan boshlanadi”. 

pioneering pottery unity east west 01

Bernard Lich o‘g‘li Devid va shogirdlari bilan Angliyaning Ivs shahridagi Eski kulolchilik ustaxonasida. BHL / 8999A ijodiy san'at universiteti hunarmandchilikni o‘rganish markazidagi Bernard Lich arxividan.

Lichning kulolchilik ustaxonasida ta'limning asosiy ahamiyati amaliyotda edi. Talabalar va shogirdlar ham tevarak atrofdan, ham chet eldan qabul qilinib, noyob xalqaro muhit yaratilardi. Ustaxonadagi qat'iy intizom talabalarning kulolchilik sohasida kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim deb hisoblanardi. Talabalarga 100 dan ortiq namunaviy dizaynlarni - tuxum ushlaydigan kosachadan tortib, to katta ko‘zalarga qadar birma-bir yasash vazifasi topshirilardi.   

“Lich, asosan, o‘z prinsiplaridan chetga chiqmagani kabi, o‘z ko‘zalaridan ham chetlashmasdi”, - deb ta'kidlaydi professor Olding. Keyinchalik, uning shogirdlari ham shu ifodaga tayanib, o‘zlarining kulolchilik ustaxonalarini tashkil etishdi, ular kichik kulolchilik ustaxonasini qiyin bo‘lsada, ammo ijodiy va hissiy hayotni boshqarish vositasi sifatida ko‘rishardi”.

pioneering pottery unity east west 15

Yosh tashrifchi Bernard Lichning “Kai Althoff Goes with Bernard Leach” installyasiyasi paytida, Londonning Uaytchepel galereyasida, 2020 yil 7 oktyabr' – 2021 yil 10 yanvarda o‘rnatilishini tekshirmoqda. Fotosurat: Polli Eltes.

Doimiy meros

Lich tomonidan o‘rnatilgan an'ana 20-asrning aksariyat qismida G‘arb kulolchilik buyumlarida hukmronlik qilib, dunyo bo‘ylab behisob muxlislarni jalb qildi. Uaytchepel galereyasida zamonaviy nemis rassomi Kay Al'txoff, Lichning yirik kolleksiyalaridan 45 ta asarni tanlab oldi va ular uchun maxsus ko‘rgazma vitrinalarini tayyorladi. 

“Al'txoffni Bernard Lichning ishlari va uning predmetlarni yaratishga yondoshishi o‘ziga jalb qiladi”, - deydi kurator Emili Batler. “U go‘zallik va qulaylikning ushbu sintezi, san'at va buyumlardan qanday foydalanish va foydali bo‘lishi mumkinligi bilan juda qiziqadi. Ko‘rgazma sarlavhasida Al'txoffning ismi Lich ismining yonida qayd etilgan, u o‘zining ish falsafasi Bernard Lichnikiga o‘xshash bo‘lishini istashini aytadi. 

pioneering pottery unity east west 00

Bernard  Lich va Syodzi Hamada o‘rta asrlik ingliz ko‘zasidan hayratda, 1966 yil.  BHL / 12872, ijodiy san'at universiteti hunarmandchilikni o‘rganish markazidagi Bernard Lich arxividan. 

Hamada 1978 yilda vafot etadi, bir yildan so‘ng, 92 yoshida Lich vafot etadi, ammo ikki kulolning mustahkam do‘stligi va madaniyatlararo tushunchasi ko‘zni qamashtiradigan san'at uslubiga asos solgan joyni ko‘rish uchun, dunyoning turli burchaklaridan bo‘lgan mehmonlar Sent-Ivsga tashrif buyurishda davom etmoqdalar. “Leach Pottery” o‘zining yuz yilligini nishonlash uchun bir yillik tadbirlar dasturini rejalashtirgan edi, ularning aksariyatini pandemiya sababli keyinga qoldirish yoki o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. 

“Leach Pottery” har doim o‘zgaruvchan muhitda qat'iyatlilikni namoyon etib kelgan, - deydi hozirgi direktor Libbi Bakli, -  u doimo yangiliklar kiritib, chaqiriqlarga javob berib, vaqt sinovidan o‘tgan va shunday bo‘lib qolaveradi. Asoschilarimizning qat'iyatli ruhi bilan boshqarilib, biz tinim bilmay ishlashda davom etmoqdamiz. 

“Ishonamizki, Bernard Lich va Syodzi Xamada merosidan saboq olib, uni ulug‘lab va davom ettirish orqali, biz uchun bu inqirozli yil davomida ham, keyin ham, odamlar biz bilan birga yangi va hayajonli zamonaviy usullar bilan bu ayyomni nishonlashda davom ettiradilar.

Manba - news.bahai.org

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных