Mukammal muhabbat g‘arazsiz va har qanday kishanlardan mutlaq erkin bo‘lmog‘i lozim. Oilaga bo‘lgan muhabbat cheklangan, chunki, qon-qarindoshlik munosabatlari eng mustahkam rishtalardan emasdir. Ko‘pincha bir oila a’zolari o‘zaro nifoqda yashaydilar va hatto, bir-birlarini ko‘rolmaydilar. Vatanga bo‘lgan muxabbatning chegaralari bordir: kishining boshqa yurtlarga nisbatan nafrat tug‘diruvchi o‘z mamlakatiga muhabbati komil bo‘lishi mumkin emas. Ayrim hollarda, hatto, vatandoshlar ham o‘zaro ichki nizo-yu janjallar bilan bosh ko‘tarib chiqadilar... Siyosiy ehtiroslar bir partiyaning ikkinchisiga nisbatan nafratiga aylanib ketadi... Insoniyatga bo‘lgan buyuk fidoiy muhabbat bizning nokomilligimiz va xudbinligimizdan kelib chiqadigan barcha bu rishtalardan ozoddir. U butun insoniyatga berilgan yagona mukammal muhabbat bo‘lib, unga faqat Ilohiy Ruh qudrati orqali erishish mumkin. Hech bir zaminiy kuch insonda butun dunyoni qamrab oladigan muhabbatni uyg‘otishga qodir emas. Illo insonlar Ilohiy muhabbat kuchi orqali birlashsinlar! Toki bu intihosiz muhabbat yog‘dulari ostida abadiy qolmoq uchun ularning qalblari birdamlikda bo‘lsin... Sizning oilangizga yoki vatandoshlaringizga bo‘lgan muhabbatingizni ana shu mangu muhabbat shu’lalari nurafshon etib tursin! O‘z oilangizdan bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’iy nazar Ilohiy sifatlarni o‘zida aks ettirgan har bir kishini seving. O‘z yo‘lingizda uchragan barcha kimsalarga cheksiz muhabbat nurlarini yog‘diring... Agar siz butun dunyoga sochilib ketgan xalqlarni qudratli birdamlik chodiri ostida yig‘ishga kirishsangiz, falaklar ham sizga madad beradi. Siz insoniyatga xizmat qilish ishida Ollohning xizmatkoriga, Uning samoviy yordamchisiga aylanasiz. Bu butun insoniyatga xizmatdir! Bu har bir insonga xizmatdir! Buni hech qachon yoddan chiqarmang!

Hazrati Bahoulloh Bitiklaridan saylanmalar

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных