Hazrati Bahoulloh va Ul Zotning Taʼlimotlari haqida xujjatli film

 

Bir hikoya avj olmoqda. Bu hikoya tarix zamirida insoniyat taraqqiyotining qay tariqa Ilohiy Mazharlar tomonidan oldinga siljib kelganligi haqida, zero, Elchilar odamzotni uning rivojlanish bosqichlari boʼylab, ayni damda, uning yetuklik chogʼining tong pallasiga qadar yoʼllab keldilar.

Hazrati Bahoullohning Taʼlimotlari millionlab kishilarni ruhlantirmoqda, yer yuzidagi har bir yurtni, mahalla-yu qishloqlarni, hamda shaharlarni tubdan ijobiy oʼzgartirmoqda.

Hazrati Bahoulloh insoniyatning butkul mohiyatini tubdan oʼzgartirish, hamda dunyo holatiga ham ichki va ham tashqi jihatdan ijobiy oʼzgarishlar kiritish uchun keldilar.

Hazrati Bahoulloh Taʼlimotining miqyosi keng, tabiati esa, hayotiy muhimlikka ega. Uning negizida, barcha xalqlar va millatlarni oʼzaro bogʼlaydigan muhim munosabatlarning oʼzgarishi natijasida sodir boʼlishi kerak boʼlgan insoniyat birdamligi yotadi, yaʼni, har qanday bidьatlardan yuqori koʼtarilish, ayollar va erkaklar teng huquqligini oldinga surish, mazlumlarni ruhlantirish va iqtisodiy adolatni oʼrnatish.

Hazrati Bahoulloh Taʼlimotlari ayrimachilik va farqlar yakunidan dalolat beradi. Barcha odamlar bir oila ekanligini tan olish va barcha xalqlar turfaligini qamraydigan birdam dunyo qurish vaqti keldi.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/u82801/public_html/old.bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных