Jamiyki shon-shavkat va ulugʼvorlik, kuch-quvvat va shon-sharaf, saltanat va amru farmon, samoviylik va farogʼat, marhamat va qudrat Manbai boʼlmish Sen Ollohimga hamdu sanolar boʼlsin. Sen kimni istasang, oʼshani Buyuk Ummoningga doxil etgaysan, kimni istasang, oʼshani Qadimiy Ismingni bilish baxtiga cazvor etgaysan. Na samovotda va na zaminda Sening amri irodang bajo boʼlishiga qarshilik eta bilguvchi yoʼqdir. Sen oʼz maxluqotingni mangu boshqarursan, barcha yaralganlarga oʼz hukmu farmoningni abadiy barqaror qilursan. Sendan oʼzga Qudratli, Ulugʼvor, Qodir, Bilguvchi, Iloh yoʼqdir.

Yo Parvardigor! Bandalaring yuzini yoritgin, toki Seni koʼra bilsinlar; qalblarini pok ayla, toki Samoviy marhamating saroyiga iltijo etsinlar, hamda Sening Elching va Mohiyating Chirogʼini tanib yetsinlar. Darhaqiqat, Sen barcha olamlar Tangrisidursan.
Sendan oʼzga Intihosiz, Qahhor Iloh yoʼqdir.

Hazrati Bahoulloh

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/u82801/public_html/old.bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73

Консоль отладки Joomla!

Сессия

Результаты профилирования

Использование памяти

Запросы к базе данных